Qozog‘iston o‘nlab tonna mahsulotlarni Rossiya, O‘zbekiston va Qirg‘izistonga qaytarib yubordi
18-24 avgust kunlari davomida Qozog‘iston hududiga olib kirilgan, yuqori fitosanitar xatarli karantin ostidagi mahsulotni ko‘zdan kechirish chog‘ida respublika va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining o‘simliklar karantini sohasidagi qonunchiligining 48ta buzilish holati aniqlandi. Bu haqda Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Rossiya Federatsiyasidan karantin ostidagi mahsulotlarni (sabzi - 3,5 tonna, pomidor - 9,5 tonna, yog‘och mahsulotlari - 36 kub m.) olib kirishda fitosanitar sertifikat bo‘lmagan. Shu bilan birga, mahsulotda (yasmiq - 18 tonna) haqiqiy bo‘lmagan sertifikat taqdim etilgan.
Bundan tashqari, O‘zbekistondan mahsulotlar (meva va sabzavotlar - 2,4 tonna) taqiqlanganiga qaramay, qo‘l yukida (36ta holat) olib kirilgan. Yuqorida ko‘rsatilgan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat inspektorlari tomonidan tadbirkorlar ma'muriy javobgarlikka tortilgan.
Qirg‘izistonga karantin ostidagi mahsulotni olib kirish paytida (kartoshka - 6 tonna, uzum - 0,45 tonna) fitosanitar sertifikat bo‘lmagan. Shu bilan birga, ba'zi mahsulotlar partiyasida (nektarinlar - 6,4 t, uzum - 11,2 t, qulupnay - 2 t, malina - 1,6 t, o‘rik - 18 t) qadoqda markirovka bo‘lmagan, boshqa bir mahsulotni (shaftoli - 7,1 t) olib kirishda karantin obektlar aniqlandi.
Umumiy miqdori 56,15 tonna va 36 kub m. bo‘lgan karantin ostidagi mahsulotlar eksportchi mamlakatlar hududiga qaytarib yuborildi.
Mavzuga oid
15:04 / 10.11.2024
Qozog‘istonda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi
17:12 / 09.11.2024
Qozog‘istonda qattiq qo‘nishni amalga oshirgan harbiy vertolyot yonib ketdi
13:07 / 09.11.2024
Qozog‘iston Britaniya sanksiyalariga duchor bo‘lgan kompaniyalari haqida izoh berdi
20:38 / 06.11.2024