Jahon | 21:02 / 04.09.2018
3993
2 daqiqa o‘qiladi

Navalniyning roliklari reklamasi tufayli Google saylovlarga aralashmaslik haqida ogohlantirildi

Foto: navalny.live

Roskomnadzor va Rossiya bosh prokuraturasi Google (YouTube egasi) ijrochi direktori Larri Peyjga Rossiyadagi saylovlarga «aralashishga yo‘l qo‘ymaslik» haqida ogohlantirish maktubi jo‘natdi. E'tiroz Aleksey Navalniyning 9 sentabr – yagona ovoz berish kuni pensiya yoshini oshirishga qarshi aksiya o‘tkazish haqidagi roliklari reklamasi tufayli paydo bo‘ldi.

Avvaliga amaldorlar qonunbuzarlikka chaqiruvchi «ommaviy aksiyalar olib borilayotgan» YouTube-kanallarni aniqlashgani xabar qilingandi. Roskomnadzor va bosh prokuratura gap aynan kim haqida borayotganiga aniqlik kiritmagan.

Bosh prokuratura vakili Aleksey Jafyarovning aytishicha, mazkur ogohlantirishda Google tomonidan biror chora ko‘rish talabi qo‘yilmagan.  

3 sentabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish fondi «Navalnyy Live» kanalini qayta ishga tushirgandi. Fond 9 sentabr kuni Moskva, Peterburg va Rossiyaning boshqa o‘nlab shaharlarda pensiya islohotiga qarshi aksiyalar o‘tkazishni rejalashtirgan. 

Mavzuga oid