08:57 / 06.09.2018
8267

Buxoroda qarindoshiga bir necha bor pichoq urib, jarohat yetkazgan shaxs ushlandi

Illyustrativ foto

2018 yilning 4 sentabr kuni Buxoro viloyatining Kogon tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda  O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, shu tumanda yashovchi U.E. o‘zaro janjal sabab Buxoro tumanida yashovchi qarindoshi R.Sh. tanasining bir nechta joyiga pichoq urib jarohat yetkazgan. Natijada R.Sh. kasalxonaga yotqizilib, U.E. qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top