Samarqandda 200 mln so‘mlik firibgarlikni sodir etgan ayol ushlandi
Samarqand shahrida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
2018 yil 7 sentabr kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil 20 iyul kuni “So‘g‘diyona” maskanida yashovchi U.A. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2016 yil dekabr oyi boshlarida Pastdarg‘om tumanida yashovchi N.R. ismli ayol unga 200 million so‘m pulini bank orqali foizga qo‘yib ko‘paytirib berishni va'da qilib, aldov yo‘li bilan undan 200 mln so‘m pulini olib, bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganligini ma'lum qilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, N.R. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024
Samarqandda avtobus salonini ayollar va erkaklar uchun ajratgan haydovchiga chora ko‘rildi
11:44 / 31.10.2024