IIV markaziy apparatida 8ta tayinlov yuz berdi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining markaziy apparatida rahbarlik lavozimlariga yangi xodimlar tayinlandi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, vazirlik Kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-xizmat o‘tashni tashkillashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga polkovnik To‘lqinboy Jumanov, IIV Kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-kasbiy tayyorgarlikni tashkillashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga mayor Farrux Akmalov, IIV Kadrlar bosh boshqarmasi, Tashkiliy-shtat ishlari boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga esa podpolkovnik Azamat Axmedov tayinlandi.
Shuningdek, IIV Ichki ishlar organlari xodimlarini boshlang‘ich tayyorlash va malakasini oshirish markazi (Toshkent shahri) boshlig‘i etib polkovnik Alisher Usmanov tayinlangan. IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-kadrlar boshqarmasi boshlig‘i sifatida podpolkovnik Abror Sabirjanov ish boshlaydi.
“Postda”-“Na postu” gazetalari va “Qalqon”-“SHCHit” jurnallari birlashgan tahririyati bosh muharriri lavozimiga Bernora Sodiqova, IIV Malaka oshirish institutiga Abdurahmon Pardiyev boshliq etib tayinlandi. Podpolkovnik Sherali Turayev IIV Ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori sifatida ish boshlaydi.
IIV tizimida davom etayotgan o‘zgarishlar viloyatlar kesimidan so‘ng markaziy apparatga yaqinlashib qolgani ma'lum bo‘lmoqda. Ayni o‘zgarishda katta urg‘u kadrlar bilan ishlaydigan rahbarlarga qaratilgan.
Mavzuga oid
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
18:32 / 28.10.2024