Prezident qarori bilan Şerzod Abdurasuloviç Karimov maktabgaça va maktab ta’limi vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Şerzod Karimov 2006–2012 yillarda xalq ta’limi tizimida, 2012–2018 yillarda örta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida işlagan.
2018 yilda Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, soğliqni saqlaş, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari axborot-tahlil departamenti Uzluksiz ta’lim tizimida islohotlarni muvofiqlaştiriş masalalari şu’basining Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlar tizimida islohotlarni muvofiqlaştiriş masalalari böyiça yetakçi mutaxassisi etib tayinlangan, 2022 yil martidan Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, soğliqni saqlaş va sport masalalari kotibiyati mudirining örinbosari – Ta’lim tizimini rivojlantiriş masalalari şu’basi mudiri sifatida iş boşlagan.
U 2024 yil 28 fevraldan bugungaça Vazirlar Mahkamasi «Mahalla yettiligi», yoşlar siyosati va ma’naviyat masalalari departamenti Yoşlar siyosati, maktabgaça va maktab ta’limi, soğliqni saqlaş va ma’naviyat masalalari bölimi boşliği lavozimida işlayotgan edi.
2020 yil iyulidan Xalq ta’limi vazirligida (2023 yil yanvaridan Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi) birinçi örinbosar lavozimida işlab kelgan Usmon Şarifxöjayev 2024 yil 18 oktyabr kuni Özbekiston prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya agentligi direktori örinbosari etib tayinlangandi.

















