O‘zbekiston | 13:22 / 22.09.2018
5536
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonda yagona sall-markazni yaratishi mumkin

Rossiyaning «Gran sall-sentr» kompaniyasi Toshkent shahar hokimligida O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha davlat xizmatlari, jumladan, uy-joy mulkdorlari jamiyati, shahar hokimi portaliga murojaat yuborish uchun yagona call-markazni tatbiq etish bo‘yicha muzokaralar olib bordi hamda o‘z tizimining taqdimotini o‘tkazdi. 

Ta'kidlanishicha, sall-markaz barcha olingan ma'lumotlarni qayta ishlaydi, ularni tasniflaydi va umumiy tahlillar taqdim etadi.

«Gran sall-sentr» kompaniyasi butun Rossiya hududida ishlaydi, hukumat va Moskva shahar meriyasi bilan hamkorlik qiladi. O‘zbekistonda kompaniya vakillari taxminan 2000 ish o‘rni yaratishni rejalashtirmoqda - bu sall-markaz xodimlari bo‘ladi.

Taklif etilgan loyiha ko‘rib chiqilmoqda.

Mavzuga oid