O‘zbekiston | 19:14 / 24.09.2018
7011
1 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi”ga rahbar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yilning 24 iyuldagi qaroriga asosan “O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi” tashkil etilgan edi. Ushbu tashkilotga shu kunga qadar “Respublika kinoprokat markazi” davlat unitar korxonasi direktori lavozimida ishlab kelgan Ma'rufjon Muxtarov rahbar etib tayinlandi.

Kinokomissiyaning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

- Mamlakatda kinoturizmni rivojantirish;
- Respublika hududida filmlarni tasvirga olish uchun xorijiy kinokompaniyalarni keng jalb qilish hamda ularga xalqaro tajriba asosida kinoservis xizmatlari ko‘rsatish;
- Xorijiy kinokompaniyalar bilan hamkorlikda (co-production) filmlar ishlab chiqarish;
- Xalqaro kinofestivallar va kinobozorlarda milliy filmlar ishtirokini ta'minlash;
- Mamlakatimiz kinematografiya yutuqlarini jahonga targ‘ib qilish.