Fan-texnika | 10:29 / 28.09.2018
3783
1 daqiqa o‘qiladi

Facebook reklama ko‘rsatishda foydalanuvchilarning telefon raqamlaridan foydalanishini tan oldi

Foto: Angelica Alzona

Boston shimoli-sharqiy universiteti va Prinston universiteti olimlari Facebook foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini reklama beruvchilarga taqdim etish orqali targetingni taklif qilishini aniqlashdi. Bu haqda Gizmodo yozmoqda.

Tadqiqotlardan ma'lum bo‘lishicha, Facebook foydalanuvchi o‘z profilini himoya qilish maqsadida kiritgan telefon raqami asosida reklama ko‘rsatadi.  

Facebook vakili ijtimoiy tarmoq reklama targetingi yanada aniqroq bo‘lishi uchun foydalanuvchilar telefon raqamlaridan foydalanishini tasdiqladi.

Bundan tashqari, Facebook boshqa foydalanuvchilarning telefon kitobi orqali ham ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisining raqamini aniqlashi ma'lum bo‘ldi. 

Mavzuga oid