Meta Moldovadagi prezidentlik saylovlari oldidan feyk akkauntlarni o‘chirib tashladi
Ushbu akkauntlar ikkinchi muddatga saylanish uchun nomzodini qo‘ygan mamlakat prezidenti Mayya Sanduga qaratilgan tanqidiy materiallarni tarqatish bilan shug‘ullangan.

Foto: Alexander Burakov/DW
Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlariga egalik qiluvchi Meta kompaniyasi Moldovaning rus tilida so‘zlashuvchi aholisi uchun mo‘ljallangan feyk akkauntlar tarmog‘ini o‘chirganini ma’lum qildi. Ushbu akkauntlar ikkinchi muddatga saylanish uchun nomzodini qo‘ygan mamlakat prezidenti Mayya Sanduga qaratilgan tanqidiy materiallarni hamda Moldovaning yevrointegratsiyasiga qarshi chaqiriqlarni e’lon qilib kelgan.
Meta kompaniya siyosatini buzgani uchun Facebookʼda yettita akkaunt, 23 ta sahifa, bitta guruhni, shuningdek, Instagramʼda 20 ta akkauntni o‘chirgan. Kompaniyadagilarning ma’lum qilishicha, ushbu tarmoqqa Telegram messenjeri, TikTok va Odnoklassniki’dagi feyk akkauntlar ham kiradi.
«Ushbu faoliyat ortida turganlar o‘z shaxsi va joylashgan o‘rnini yashirishga uringan bo‘lsa-da, tergov davomida ularning Rossiya va Moldovadagi odamlarga aloqasi borligi aniqlandi… Biz, shuningdek, ularning 2020 yil dekabrda o‘chirib tashlangan Lugansk oblastidagi tarmoqqa aloqasi borligini aniqladik», — deyiladi Meta xabarida.
Qochoq oligarx Shorning akkauntlari tarmog‘i bloklandi
10 oktyabr kuni Moldovada qochoq oligarx Ilan Shor bilan bog‘liq 15 ta Telegram kanal va 95 ta chat-bot bloklangan edi. Mamlakat huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu kanallardan siyosiy partiyalarni noqonuniy moliyalashtirish hamda saylovchilarni sotib olishda ham foydalanilgan.
«Rice Moldova»ning yozishicha, Shor Rossiyaga qochib ketganidan keyin Ukrainaga qarshi urush boshlangani sabab joriy etilgan sanksiyalarni chetlab o‘tadigan to‘rtta kompaniyadan iborat tarmoqni yaratgan. Nashrning eslatishicha, Shor xalqaro qidiruvda bo‘lib, u Moldovada moliyaviy jinoyatlar uchun 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Interpol byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, Shor 2024 yil 1 yanvardan beri Rossiya fuqarosi hisoblanadi. Aprel oyida u «G‘alaba» partiya blokini yaratganini e’lon qilgandi. Shorning so‘zlariga ko‘ra, «G‘alaba» Moldovadagi prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik ko‘radi.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saida Mirziyoyeva Parijda «Xudoybergan Devonov merosi» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston | 17:42
-
AQSh Alyaskani Rossiyaga qaytarish istiqbollarini muhokama qilmoqda
Jahon | 17:34
-
SF Airlines aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston | 17:28
-
Avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlarga reyd boshlandi, 56 kishi jarimaga tortildi
O‘zbekiston | 17:25
Mavzuga oid

08:05 / 29.03.2025
Moldova Gagauziya rahbarini hibsga oldi

08:40 / 26.03.2025
Rossiyada Instagram va Facebookʼda reklama joylash taqiqlandi

22:22 / 17.02.2025
Meta butun sayyora bo‘ylab suvosti internet kabelini tortadi

18:18 / 13.02.2025