Pens: Rossiyaning AQSh ishlariga aralashishga urinishi Xitoy harakatlari oldida hech narsa emas
Xitoy hukumati Amerika siyosatiga Rossiyadan ko‘ra faolroq aralashishga harakat qilmoqda. Bunday bayonot bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari vitse-prezidenti Mayk Pens chiqish qildi, deya xabar beradi Reuters.
Agentlik barcha hujjatlarni tahlil qilgach, Pensning so‘zlari AQSh va Xitoy o‘rtasidagi ziddiyatni yanada keskinlashtirishi mumkin, degan xulosaga keldi.
Xususan, AQSh vitse-prezidenti Pekinning Amerika Qo‘shma Shtatlari rahbariyati bilan o‘zaro mojarodan foydalanib, AQSh ishlariga aralashishga urinishlari haqida gapirib berishni rejalashtirmoqda. Shu nuqtai nazardan, nutqda Rossiyaga ham alohida joy ajratilgan.
«Yaqinda razvedka hamjamiyatining yuqori mansabli a'zosi menga ruslarning harakati Xitoy butun mamlakat bo‘ylab qilayotgan ishlari oldida hech narsa emasligi haqida aytdi», - deyiladi Mayk Pensning nutqida.
Vashington va Pekin o‘rtasida savdo kelishmovchiliklaridan boshlangan mojaro yaqinda yangi bosqichga o‘tdi. Oktyabr oyining boshida AQSh Xitoy esminetsi Janubi-Xitoy dengizida Amerika kemasiga yaqin masofada «xavfli» manyovrlarni amalga oshirgani haqida ma'lum qildi. Pekin Xitoy kemasi qonun doirasida harakat qilganini aytdi.
Bundan tashqari, Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiyani Amerikadagi saylovlarga aralashishda ayblamoqda. Rasmiy Moskva ayblovlarni rad etyapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Xitoyni qo‘rqitish uchun o‘z kuchini namoyish qilmoqchi ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
23:07 / 23.09.2024
AQSh Yaqin Sharqqa qo‘shimcha harbiy kuchlarni yuboradi
21:46 / 23.09.2024
Rossiya urush boshlangandan beri 2 mln yosh ishchisidan ayrildi
21:41 / 23.09.2024
Eron prezidenti: Biz Rossiyaning Ukrainaga tajovuzini hech qachon ma’qullamaganmiz
20:21 / 23.09.2024