AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining Tinç okeani floti Xitoyga uning harbiy faolligiga qarşi turişga tayyorligini körsatiş uçun kuçini global namoyiş etiş taklifi bilan çiqdi. Bu haqda CNN manbalarga asosan xabar bermoqda.
Maxfiy hujjat noyabr oyida bir hafta içida Tinç okeani flotining bir neçta operatsiyalarini ötkazişni taklif qiladi.
Kemalar, jangovar samolyotlar va şaxsiy tarkibni jalb qilgan holda ötkaziladigan uşbu tadbirlarning maqsadi - Qöşma Ştatlar «duşmanga birdaniga bir neça jabhada tezda qarşilik körsatişga qodirligini» körsatiş.
Taxminlarga köra, maşqlar Xitoy suvlariga bevosita yaqin joyda ötkaziladi. Şunga qaramasdan, taklifda Amerika kemalari Xitoy floti bilan jangovar harakatlarga kirişiş niyatida emasligi aytiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning NATOdagi doimiy vakili Rossiyaga zarba beriş bilan tahdid qilgandi.












