Jahon | 12:30 / 07.10.2018
6859
1 daqiqa o‘qiladi

Gaitida yer silkinishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

Foto: AFP

6 oktabrda Gaiti shimolida sodir bo‘lgan yer silkinishi oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi. 

AQSh geologik xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, 5,9 magnitudali yer silkinishi Por-de-Pe shahridan 19 km uzoqlikda sodir bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘i 11,7 km chuqurlikda bo‘lgan.

28 sentabr kuni Indoneziyaning Sulavesi orolidagi Palu shahri yaqinida 6,1 magnitudali yer silkinishi ro‘y berdi. Keyinroq xuddi shu hududda yana bir 7,4 magnitudali zilzila va qator aftershoklar qayd etildi. 

Shundan so‘ng OAVda Palu ikki metr balandlikdagi sunami ostida qolgani haqida xabar berildi. Zilzila va undan keyingi sunami qurbonlari soni so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 1648 kishini tashkil qilmoqda.

Mavzuga oid