Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston bosh vazirlari tor tarkibda uchrashuv o‘tkazdilar
Foto: AKIpress
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov O‘sh shahrida, chegaraoldi viloyatlari rahbarlari Kengashining ikkinchi yig‘ilishi doirasida Qirg‘iziston hukumati rahbari Muhammadkaliy Abilg‘oziyev bilan uchrashdi.
Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi vazirlar mahkamasi apparatining axborot ta'minoti bo‘limi xabar qilmoqda.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, uchrashuv davomida tomonlar mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning holati va dolzarb masalalari, shuningdek, chegaraoldi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Avvalroq, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov O‘zbekistonning chegaradosh viloyatlari rahbarlari bilan Qirg‘iziston hukumatining chegaradosh viloyatlardagi muxtor vakillari kengashi ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga yetib borgandi.
Eslatib o‘tamiz, ikki mamlakat chegaradosh viloyatlari rahbarlari kengashining birinchi yig‘ilishi mart oyida Farg‘onada bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
18:59 / 02.04.2026
Qirg‘izistonda Rossiya qiruvchi samolyotlarining mashg‘ulotlari to‘xtatildi
21:08 / 01.04.2026
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi korrupsiyada gumon qilinib qo‘lga olindi
18:20 / 30.03.2026
Qirg‘iziston ilk bor o‘z milliy valutasini mustaqil chop etishni boshladi
21:06 / 27.03.2026