01:08 / 20.12.2018
8821

“Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonalari tashkil etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moddiy madaniy meros obektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi va O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Buxoro davlat badiiy-me'moriy muzey-qo‘riqxonasi, Samarqand davlat birlashgan tarixiy-me'moriy va badiiy muzey-qo‘riqxonasi, Xiva “Ichan qal'a” davlat muzey-qo‘riqxonasini tegishlicha “Buxoro”, “Samarqand”, “Ichan qal'a” davlat muzey-qo‘riqxonalari etib qayta nomlash;

Shuningdek, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida tegishlicha “Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonalarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullangan.

Top