«Nodavlat umumiy örta ta’lim taşkilotlari tarmoğini kengaytiriş va uşbu jarayonga tadbirkorlik sub’yektlarini jalb qiliş imkoniyatlarini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, 2025 yil 1 yanvardan:

  • nodavlat umumiy örta ta’lim taşkilotlari faoliyatini yölga qöyiş uçun tijorat banklarining öz mablağlari hisobidan bozor foiz stavkalarida milliy valutada ajratiladigan, qiymati 20 milliard sömgaça bölgan kreditlar böyiça, foiz stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oşadigan, lekin uning 1,5 baravaridan köp bölmagan qismini qoplaş uçun kompensatsiya taqdim etiladi;
  • nodavlat umumiy örta ta’lim taşkilotlari uçun binolarni yangidan qurgan yoki özining bino va inşootlarida umumiy örta ta’lim faoliyatini yölga qöygan tadbirkorlik sub’yektlariga 5 yil muddatga uşbu ta’lim taşkilotlari faoliyati bilan boğliq bölgan kommunal xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi;
  • 2030 yil 1 yanvargaça yuridik şaxslarga öz mablağlari hisobidan nodavlat umumiy örta ta’lim taşkilotlari binolarini quriş bilan boğliq bölgan xarajatlarning foyda soliğini hisoblaşda 2 yil davomida teng uluşlarda çegirib taşlaş huquqi beriladi.

Şuningdek yangi nodavlat umumiy örta ta’lim taşkilotlari faoliyatini yölga qöyiş va binolar quriş uçun joylardagi hokimliklar tomonidan har yili:

  • 1 martgaça maqbul yer uçastkalari aniqlanadi;
  • 1 aprelgaça respublika böyiça umumiy maydoni 50 gektar yer uçastkasidan kam bölmagan manzilli röyxat tasdiqlaş uçun hukumatga kiritiladi;
  • 1 maygaça tasdiqlangan manzilli röyxatga asosan yer uçastkalari «E-auksion» savdolariga mulk yoki ijara huquqi asosida çiqariladi.

Bunda, auksion savdolarida 3 oydan ortiq muddat sotilmay turgan yer uçastkalari savdodan yeçilmasdan boşlanğiç narxini qadamma-qadam 50 foizgaça pasaytiriş mexanizmini qöllagan holda, takroriy auksion savdolariga çiqariladi.