18:00 / 01.01.2019
29567
Reklama

Sirdaryo aholisi uchun yangi yilda yangi qulaylik - zamonaviy savdo va ko‘ngilochar markazi foydalanishga topshirildi

2018 yilning 30 dekabr kuni Sirdaryo viloyati Sayhunobod tumanida «Sayhun Planet» savdo ko‘ngilochar markazi hamda «Sayhun» zamonaviy istirohat bog‘ining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Marosimda Sirdaryo viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev ishtirok etib, tuman aholisini savdo ko‘ngilochar markazi va istirohat bog‘i ochilishi bilan tabrikladi hamda ikkala markaz faoliyatini ochiq deb e'lon qildi. Tadbirda mehmonlar uchun turli chegirma va yangi yil aksiyalari tashkil etildi.

Mazkur markazlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish tashabbusi ilk bor O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yilning 13 aprel kuni Sirdaryo viloyatiga qilgan tashrifi davomida bildirilgan edi. Unga ko‘ra, respublika prezidenti tomonidan «Asakabank»  ATBga tashabbuskor tadbirkorlarni jalb qilgan holda Sayhunobod tumanida barcha qulayliklarga ega savdo kompleksi va istirohat bog‘i barpo etish, shu orqali aholining sifatli savdo xizmatlaridan foydalanishi hamda bo‘sh vaqtlarida madaniy hordiq chiqarishlarini tashkil etish topshirig‘i berildi.

Qisqa fursatda «Begzod Sher qurilish servis» MChJ respublika «Asakabank» moliyaviy ko‘magida zamonaviy savdo ko‘ngilochar markazi hamda istirohat bog‘ini qurib bitkazdi. Mazkur qurilish loyihasining umumiy qiymati 27 milliard so‘mni tashkil etadi. Ikkala markazning qurib foydalanishga topshirilishi bilan 200ga yaqin mahalliy aholi vakillari uchun yangi ish o‘rni tashkil etildi. 

«Sayhun Planet» zamonaviy savdo ko‘ngilochar markazi ikki qavatdan iborat. Markazning birinchi qavatida xaridorlar sifatli oziq ovqat, go‘sht va sut mahsulotlarini xarid qilishi, shuningdek, maishiy xizmatlardan foydalanishlari mumkin. Markazning ikkinchi qavatida esa qandolat va non mahsulotlari savdosi tashkil etilgan. Tuman aholisi va mehmonlari maroqli hordiq chiqarishlari hamda dam olishlari uchun zamonaviy kinoteatr ham yoddan chiqmagan. Bundan tashqari bu yerda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

«Sayhun» istirohat bog‘i Sayhunobod tumani markazida, «Sayhun Planet» savdo ko‘ngilochar markazi yonginasida barpo etilgan. Mazkur istirohat bog‘iga kiraverishda va hududida favvoralar qurilgani yozning jazirama kunlarida asqatadi. 

Zamonaviy attraksionlar, xushmanzara daraxtlar, o‘rindiqlar, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari aholining mazmunli dam olishi uchun shart-sharoit taqdim etilgan. Aytish mumkinki, qisqa fursat ichida qurib foydalanishga topshirilgan savdo-ko‘ngilochar markazi hamda zamonaviy istirohat bog‘i tuman aholisi uchun yangi yilga o‘ziga xos sovg‘a bo‘ldi. Tantanali ochilish marosimi bayram va musiqali tomoshalarga aylanib ketdi. 

Top