Sirdaryo viloyati Şirin şahrida Nexia 2 maşinasi boşqaruvni yöqotib, kanalga tuşib ketgan. Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa 2024 yil 17 iyun kuni sodir bölgan.

Şu kuni soat 13: 00 larda, Nexia 2 maşinasi Şirin şahar M.Uluğbek mahallasini Nurobod mahallasi bilan boğlab turuvçi Janubiy Mirzaçöl kanali ustidagi köprikdan ötayotib boşqaruvni yöqotgan.

Oqibatda Nexia 2kanalga tuşib ketgan va uning haydovçisi hamda maşinada bölgan 4 nafar yölovçi hodisa joyida çökib ketgan.

Sirdaryo viloyati FVB favqulodda qutqaruv guruhi ğavvoslari tomonidan olib borilgan tezkor qutqaruv işlari davomida haydovçi va 3 nafar yölovçining jasadlari hamda Nexia 2 topilib, suvdan olib çiqilgan.

Hozirda qutqaruv guruhi ğavvoslar tomonidan maşinada bölgan yana bir yölovçini qidirib topiş çoralari körilmoqda.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda