Joriy yil 29 may kuni Sayxunobod tumanida futbol öyini ötkazilayotgan paytda stadionga Captiva maşinasi çiqib keldi va noma’lum sabablarga köra haydovçi uni qasddan odamlar ustiga bostirib bordi. Maşina kamida bir fuqaroni urib yuborib, harakatni davom ettirdi. Avtomobil stadion böylab tartibsiz harakatlanarkan, yölida uçragan kimsani bosib ötişga urindi. Rasmiy axborotga köra holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi, ya’ni bezorilik böyiça jinoyat işi qözğatilib, haydovçi protsessual tartibda uşlangan.

Köpçilik tarmoq faollari haydovçiga uşbu modda bilan jinoyat işi qözğatilganidan norozi bölib, fikrlar qoldirmoqda.

Jinoyat kodeksining 277-moddasi haqida

Bezorilik, ya’ni jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimaslik, uriş-döpposlaş, badanga yengil şikast yetkaziş yoki özganing mulkiga şikast yetkaziş yoxud nobud qilişda ifodalangan jinoyatdir (277-modda birinçi qismi).

Badanga örtaça oğir şikast yetkazib, sovuq qurol yoki kişining soğliği uçun amalda şikast yetkazişi mumkin bölgan narsalarni (qurol sifatida) namoyiş qilib, ularni qöllaş bilan qörqitib yoxud qöllab, öz mazmuniga köra umum e’tirof etgan axloq qoidalarini namoyişkorona mensimaslikda ifodalanuvçi ötaketgan behayolik bilan bezorilik sodir etilgan bölsa ham Jinoyat kodeksining 277-moddasi (ikkinçi qismi) ta’siriga tuşadi.

Şuningdek, ommaviy tadbirlar ötkazilayotgan vaqtdagi bezorilik kodeksining 277-moddasi (uçinçi qismi) ta’siriga tuşadi.

Uşbu moddadagi eng oğir jazo 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qilişdir. 

Tergov amaliyotiga köra, jinoyat işi qözğatiş vaqtida qilmiş töla qamrab olingan holda kvallifikatsiya qilinişi şart, degan qoida yöq. Jinoyat tarkibi köringan eng birlamçi alomat(lar) böyiça jinoyat işi qözğatiladi va qilmişdagi boşqa ayb(lar) uç oylik dastlabki tergov davrida örganiladi hamda malakalanadi.

Bu qasddan odam öldirişga uriniş(mi?)

Faollar Captiva haydovçisining harakatlarini qasddan odam öldirişga suiqasd sifatida baholamoqdalar. Bu fikrlarni ham inkor etib bölmaydi.   

Garçi hodisada (yaxşiki) odam ölmagan bölsa-da, haydovçi maşinani qasddan odamlar ustiga bostirib borar ekan, bu harakati bilan kim(lar)nidir bosib ketişi, natijada odam(lar) ölişi mumkinligini anglamasdan iloji yöq. Bu esa tabiiyki, qasddan odam öldirişga urinişni anglatadi.