Jahon | 13:09 / 07.01.2019
4001
1 daqiqa o‘qiladi
Bloomberg: Tramp va Kim Chen Inning navbatdagi uchrashuvi Vetnamda o‘tkazilishi mumkin
AQSh va KXDR vakillari AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR rahbari Kim Chen In o‘rtasida Xanoy shahrida uchrashuv o‘tkazish ehtimolini muhokama qilishmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.
Agentlikning bildirishicha, Vashington shuningdek, Indoneziya, Mongoliya, Gavayi va KXDR hamda Koreya Respublikasi chegarasidagi Pxanmunjom chegara punktini ham ehtimoliy uchrashuv joyi sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Yakshanba kuni Tramp AQSh ikkinchi sammitni o‘tkazish uchun KXDR bilan muzokara o‘tkazayotganini ma'lum qilgandi.
Ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi birinchi uchrashuv o‘tgan yilning 12 iyunida Singapurda bo‘lib o‘tgandi.
Mavzuga oid
18:21 / 19.09.2024
Do‘stona davlatlar bo‘ylab turne. Shoyguning KXDR, Eron va Suriyaga tashriflari ortida nima bor?
14:33 / 10.09.2024
Shimoliy Koreya yadroviy salohiyatini sezilarli darajada oshiradi
22:11 / 31.08.2024
Putin Kim Chen Inga 24 bosh ot sovg‘a qildi
13:11 / 28.08.2024