Rossiya Xavfsizlik kengaşi kotibi Sergey Şoygu ötgan hafta oxiridan buyon avvaliga KXDRda böldi, keyin Suriya va Eronga ötdi. Uning Kremlga döstona munosabatda bölgan, AQŞ tomonidan «yovuzlik öqi» deb ataladigan çiziqda joylaşgan mamlakatlar böylab turnesi bir tomonda ğarb mulozimlarining Rossiya öz ittifoqçilaridan raketalar olayotgani haqidagi bayonotlari yangrayotgan, ikkinçi tomonda Moskva Ukraina öz hamkorlaridan olgan raketalar bilan Rossiya hududi böylab zarba yöllaşga ruxsat berilişidan xavfsirayotgan fonda amalga oşirildi. Şoygu aynan nimalarni muhokama qilgan bölişi mumkin va uning turnesi nimani anglatadi?

Sergey Şoygu örniga Andrey Belousov mudofaa etib tayinlanganidan buyon uç yarim oy vaqt ötganiga qaramay, vazirlikda yuqori lavozimli mulozimlar qölga olinişi davom etayotgan bölsa-da, Şoyguning özining boşqaruv apparatidagi pozitsiyasi, aftidan, jabrlanmagan. Endilikda Rossiya Xavfsizlik kengaşi kotibi bölgan uşbu mulozim uçun ötgan iş haftasi ança tiğiz keçdi — u köp bor parvoz qilib, turli darajada muzokaralar ötkazdi.

Avvaliga Şoygu Pxenyanga uçib borib, KXDR yetakçisi Kim Çen In bilan uçraşdi, xabar qilişlariça, ular ikki mamlakat örtasidagi strategik muloqotni çuqurlaştiriş masalalarini muhokama qilişgan. Şundan keyin Rossiya Xavfsizlik kengaşi kotibi Damaşqqa uçdi, bu yerda u prezident Başar Asad bilan «xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik masalalari»ni muhokama qildi.

Şoyguning navbatdagi manzili Tehron böldi — u bu mamlakatga oldindan e’lon qilinmagan taşrif bilan kelgan. Eron poytaxtida avvaliga u öz hamkasbi — Eron milliy xavfsizlik oliy kengaşi kotibi Ali Akbar Ahmadiyon bilan uçraşdi, keyin esa mamlakatning yaqinda saylangan prezidenti Ma’sud Pizişkiyon bilan muzokaralar ötkazdi.

Rossiyaning TASS davlat agentligiga köra, Şoygu prezidentga «Vladimir Putinning nomasi»ni yetkazgan va «erişilgan kelişuvlar böyiça qandaydir hisobot»ni taqdim etgan. Pizişkiyon bunga javoban Tehron va Moskva munosabatlari «doimiy, uzluksiz va uzoq muddatli asosda rivojlanib borişi»ga va’da berdi, deya xabar bergan Eronning IRNA davlat agentligi. Erondagi IRIB telekanali qöşimça qilişiça, Şoygu va Ahmadiyon ikki tomonlama aloqalar istiqbollarini muhokama qilişgan.

Hamkorlik şartnomalari

Eronga taşrifi oldidan Şoygu Rossiya Moskva hamda Tehron örtasidagi yangi kelişuvni imzolaş uçun zarur bölgan «içki protseduralar»ni yakunlayotganini aytgandi.

Rosiya va Eron örtasidagi munosabatlar asoslari va hamkorlik tamoyillari töğrisidagi şartnoma 2001 yilda Moskvada imzolangan. Bir yil ötib u kuçga kirgan va har beş yilda muddati avtomatik tarzda uzaytirilgan. Ammo yigirma yil ötib, 2022 yil yanvarida, Eronning oldingi prezidenti Ibrohim Raisiy taşrifidan söng OAVda kelişuvning yangi versiyasi ustida iş boşlangani haqida yozildi.

Joriy yil fevralida Rossiyaning Tehrondagi elçisi Aleksey Dedov «RIA Novosti» uçun intervyusida imzolaşga tayyorlanayotgan hujjatni «yaqin yillar, balki kelgusi ön yilliklar uçun Rossiya-Eron hamkorligini belgilab beruvçi eng asosiy hujjat» deb atadi.

Rossiya Xavfsizlik kengaşi kotibi Sergey Şoygu Eronn prezidenti Ma’sud Pizişkiyonga «Vladimir Putinning nomasi»ni keltirgan. Foto: Zuma\TASS

Ammo oradan ikki yil ötib ham şartnoma imzolanmadi. Joriy yil aprelida hujjat imzolanişi muddati haqidagi savolga Rossiya TIVdagilar «taxminiy sanalar ma’lum emasligi»ni bildirdi. «Joriy yil boşida loyiha yuqori darajada tayyor edi, ammo keyin eronlik hamkorlar bizda, Rossiyaning özida idoralararo yangi tasdiqlaşni talab etadigan bir qança tuzatişlarni kiritişdi», — degandi TASS muxbiriga Rossiyaning Afğoniston böyiça maxsus vakili, TIVning Osiyo böyiça ikkinçi departamenti direktori Zamir Kabulov. Uning sözlariga köra, «bu tuzatişlar qayta işlanganidan keyin» Rossiya tomoni bu variantni eronliklarga topşirgan va javob kutmoqda.

Şundan köp ötmay prezident Raisiy aviahalokatda vafot etadi va prezidentlik saylovlari ötkazilib, unda Ma’sud Pizişkiyon ğalaba qozonadi. Ayrim ekspertlar avvaliga 
Pizişkiyon va uning ortida turgan elitaning bir qismi Ğarb bilan aloqa örnatişga moyil bölişi mumkinligini, şu bilan bir vaqtda, elitaning konservativ qismi qöşni mamlakatlar bilan hamkorlikka e’tibor qaratişini istisno qilmagandi.

Ammo bu xavotirlarning barçasi behuda bölib çiqdi — kelişuv Eron prezidenti Ma’sud Pizişkiyonning joriy yil oktyabrida Qozon şahrida ötkaziladigan BRIKS sammitiga taşrifi çoğida imzolanadi.

«Vedomosti» gazetasi qayd etişiça, Rossiyaning Eron bilan kelişuvi Moskvaning Möğuliston, Vetnam va KXDR bilan kelişuvlarining muqobilidir.

Bunday kelişuv şu yil yozida Vladimir Putinning Pxenyanga ikki kunlik taşrifi çoğida ham imzolangandi. Hujjat iştirokçilardan biriga tajovuz qilgan holatda özaro yordam körsatişni nazarda tutadi. Öşanda ekspertlar kelişuv bir tomondan Ukrainadagi uruşda Şimoliy Koreya tomonidan qöllab-quvvatlov uçun huquqi asos bölişini, ikkinçi tomondan, Kim Çen Inga yadroviy arsenalga ega hamda BMT Xavfsizlik huquqida veto huquqiga ega bölib, unga qarşi har qanday yangi sanksiyalarni bloklaşi mumkin bölgan ittifoqçi berişini qayd etişgandi.

Eronga ham, KXDRga ham bu juda zarurdir.

Ballistik raketalar yetkazib berilişi

Rossiyaning Xitoy, Şimoliy Koreya va Eron bilan munosabatlarini çuqurlaştirişi Kremlning Rossiya harbiy-sanoat bazasini mustahkamlaş va Ukrainadagi uruşni qöllab-quvvatlaş uçun strategik va iqtisodiy hamkorlikni ta’minlay oladigan, öziga döstona bölgan mamlakatlar koalitsiyasini tuzişga qaratilgan sa’y-harakatlarining bir qismidir, deya yozadi Amerikadagi Uruşlarni örganiş instituti har kungi hisobotida.

Bu sa’y-harakatlar Ğarbdagilar e’tiboridan çetda qolmayapti. Sentyabr oyi boşida Wall Street Journal gazetasi yevropalik va amerikalik anonim mulozimlarga tayangan holda Eron allaqaçon Rossiyaga qisqa masofada harakatlanuvçi ballistik raketalarining ilk partiyasini yuborgani haqida xabar bergandi. CNN telekanali ham razvedkadagi ikki manbasiga asoslangan holda Eron bu raketalarni «allaqaçon yetkazib bergani»ni tasdiqladi.

Şundan keyin, Sergey Şoyguning turnesi boşlanişi arafasida, AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken Eron Rossiyaga raketalar yetkazib bergani haqida rasman ma’lum qilib, Tehronni Ukrainadagi uruşni keskinlaştirişda aybladi. Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya ham AQŞga qöşildi — bu tört mamlakat Eron ballistik raketalari Rossiyaga eksport qilinişini «Yevropa xavfsizligiga töğridan töğri tahdid» deb atadi.

BBC ning yozişiça, Tehron Moskvaga bergani aytilayotgan Fath-360 — yaqin radiusda harakatlanuvçi ballistik raketa bölib, uning uçiş masofasi 120 km atrofida va jangovar kallagi oğirligi 150 kg. Ğarb razvedkalaridagi manbalarga köra, u yuqori aniqlikda harakatlanişi bilan ajralib turadi.

Rossiyaga Şimolyi Koreya raketalari yetkazib berilgani haqida ğarblik rasmiylar ançadan buyon gapirib kelişadi. Joriy yil boşida Oq uy milliy xavfsizlik kengaşi vakili Jon Kirbi Vaşingtondagi brifingda Pxenyan Moskvaga uçiriş uskunalari hamda önlab raketalar yetkazib berganini ma’lum qilgandi. Uning sözlariga köra, bu raketalarning harakatlaniş masofasi 900 kilometrni taşkil etadi, ammo u brifing çoğida namoyiş etgan xaritada raketalardan birining uçiş masofasi 400 km atrofida ekani körsatilgan.

Rossiyada mavjud bölgan «Iskander-M» raketa kompleksi uçiradigan ballistik raketalar uçiş masofasi 500 km bilan çegaralangan. Lekin AQŞdagilar oldinroq «Iskander-M» kompleksi foydalanadigan 9M729 raketasi aslida undan ham uzoqroqqa uçişi mumkinligi aytilgandi.

Taktika emas, strategiya

Sergey Şoyguning Pxenyan, Damaşq va Tehronga taşriflari Ukraina hamda uning ğarblik hamkorlari örtasida Kiyevga Ğarb raketalarini Rossiya hududidagi harbiy nişonlarga zarba yöllaşda foydalanişga ruxsat beriş böyiça munozaralar davom etayotgan pallaga töğri keldi.

Gap birinçi navbatda Britaniya va Fransiya tomonidan işlab çiqilan Storm Shadow (yoki SCALP) qanotli raketalari haqida boradi. Unda Amerika komponentlari ham mavjud, şuning uçun ittifoqçilar uni qöllaşda AQŞning ham roziligini olişi kerak böladi. Şu bilan birga, ukrainlar Amerikaning quruqlikdan uçiriluvçi va 300 km masofaga harakatlanuvçi ATACMS ballistik raketalarini ham olişni istamoqda. Bu raketa ayniqsa oçiq joydagi, yaxşi himoyalanmagan inşootlarga zarba berişda qöl keladi.

Ammo Starmer va Bayden örtasida dam oliş kunlari ötkazilgan muzokaralarda bu borada kelişuvga erişilmagan. Nima bölganda ham, bu haqda rasmiy xabar berilmadi. Lekin britaniyaliklar boş vaziri mavzu yuzasidan muloqot BMT Boş assambleyasida, «kattaroq doirada» davom ettirilişini aytdi.

Muzokaralar yakunlariga köra Britaniya hukumati rahbari AQŞ prezidenti bilan uçraşuvda «qandaydir muayyan qaror» böyiça gap ketmaganini bildirgan — uning aytişiça, tomonlar «Ukraina, Yaqin Şarq va Hind-Tinç okeani mintaqasi» böyiça özaro mos keluvçi strategik qaraşlarni muhokama qilgan. Starmer Ukrainada ham, Yaqin Şarqda ham «yaqin haftalar va oylarda çindan ham muhim voqealar röy berişi»ni qöşimça qilgan.

Rossiya Yaqin Şarqdagi mojaroga tortilmoqda

Rossiya 2022 yil fevralida Ukrainaga bostirib kirgaç, Moskva, Pekin, Tehron va Pxenyan «yanada jipslaşdi», degan Britaniyaning Times gazetasiga NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg. Uning intervyusi Sergey Şoygu öz turnesini yakunlagan kunda e’lon qilindi.

Tehron Moskvaga yuborgan ballistik raketalar partiyasi haqida gapirarkan, yevropalik mulozim Rossiya ularni «tekinga» qölga kiritmayotganiga urğu qaratgan. «Biz şundan taşvişdamizki, Rossiya Eronga uning raketa dasturlarida yordam beradigan texnologiyalarini berişi mumkin. Rossiya olgani uçun tölov qiladi va bu Eronning imkoniyatlarini mustahkamlaydi», — deya qayd etgan Stoltenberg.

Ğarb siyosatçilari va razvedkaçilari raketa dasturidan taşqari Rossiya Eronga yadroviy qurol yaratiş imkoniyatlarini yaqinlaştirişi mumkin bölgan maxfiy texnologiyalar bilan bölişi orqali ham javob qaytarişi mumkinligidan ham xavotirlanmoqda. Ammo Moskva va Tehron örtasidagi ösib borayotgan hamkorlikka boşqa tomondan ham qaraş mumkin.

Ekspertlar Eron uzoq yillardan buyon yadroviy qurolga ega bölişni istaşidan taşqari, Tehronning yana bir muhim harbiy vazifasi aviatsiyani kuçaytiriş hamda havo hujumidan mudofaa tizimini takomillaştiriş ekaniga e’tibor qaratmoqda — ayniqsa Yaqin Şarqdagi keskinlik va Isroil bilan qarama-qarşilik kuçayib borayotgan şaroitda.

2023 yil oxirida Eron Rossiyaning Mi-28 rusumli zarbdor vertolyotlari, Su-35 qiruvçilari hamda Yak-130 öquv-jangovar samolyotlari xaridi böyiça kelişuvga erişganini rasman e’lon qilgandi.

Ukrainaga Ğarb qurollari yetkazib berilişini uşbu mamlakatlarning mojaroga aralaşuvi sifatida baholayotgan Moskvaning özi ham Tehron bilan yaqindan harbiy-texnik hamkorlik qiliş orqali Yaqin Şarqdagi mojaro iştirokçisi deb hisoblanişi mumkin. Holbuki yaqin-yaqingaça Moskva bu mintaqada barça kuçlardan bir xil masofa saqlaşga urinib kelgan.

Hozirça Rossiya rahbariyati mintaqada Isroil va AQŞga qarşi kuraşuvçi eronparast kuçlarni oçiq qöllaşdan ehtiyot bölmoqda, ammo betaraf bölib kuzatiş va tölaqonli iştirok etiş örtasida juda köp oraliq bosqiçlar bor, deya yozgan şarqşunos Nikita Smagin Karnegi xalqaro tinçlik jamğarmasi saytida.

Ammo sentabrda şarqşunos Ruslan Suleymanov OAVdagi xabarlar hamda husiyçilar orasidagi öz manbalariga asoslangan holda Rossiya Boş razvedka boşqarmasidan bölgan maslahatçilar endilikda gumanitar taşkilotlar xodimlari niqobi ostida Sanoda işlayotgani haqida xabar bergan. Amerika naşrlari esa Kreml husiyçilarga qurol yetkazib beriş imkoniyatlarini körib çiqayotgani, ammo AQŞ va Saudiya Arabistoni tomonidan bosim tufayli hozirça bu fikrdan voz keçişga majbur bölgani haqida yozgan.