Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo Kubogi. O‘zbekiston termasi mashg‘ulotidan videoreportaj
Foto: KUN.UZ
11 yanvar kuni O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi guruh bosqichining 2-turi doirasidagi Turkmanistonga qarshi bahsga tayyorgarlikni davom ettirdi.
10 yanvarda Sharjadan Dubayga ko‘chib o‘tgan jamoa navbatdagi mashg‘ulotlarni Dubay politsiya ofitserlari klubi stadionida o‘tkazdi. Tayyorgarlik mahalliy vaqt bilan soat 17:00da boshlanib, bir yarim soat davom etdi. Shundan so‘ng jamoa a'zolari mehmonxonaga qaytib, odatdagidek muzli basseyn va saunada tiklanish jarayonida bo‘ldi.
Maydondagi mashg‘ulotlarni tasvirga olgan Kun.uz muxbiri tayyorgarlikni imkon berilgani qadar to‘liqroq yozib olishga harakat qildi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq jamoa tayyorgarligidan fotosuratlar taqdim etilgan edi.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Bugun, 12 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:15da O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ishtirokida Turkmanistonga qarshi o‘yinoldi matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Soat 18:00da Ektor Kuper jamoasi ushbu bahs oldidan rasmiy mashg‘ulotlarda qatnashadi. Qo‘shni mamlakatlarning 2-turdagi o‘zaro to‘qnashuviga mezbonlik qiladigan «Rashid Stadium»da shanba kuni kechqurun, shuningdek, Turkmaniston milliy termasi bosh murabbiyi va futbolchilaridan biri ishtirokida matbuot anjumani (19:15) va jamoa rasmiy mashg‘uloti (20:00) ham bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogining «F» guruhida yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:30da Ummon – Yaponiya, soat 21:00da Turkmaniston – O‘zbekiston uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
22:38 / 03.02.2026
O‘zbekiston futzal milliy jamoasi Osiyo Kubogini chorakfinalda tark etdi
22:40 / 30.01.2026
O‘zbekiston futzal milliy jamoasi Osiyo Kubogida Avstraliyani mag‘lub etdi
19:02 / 28.01.2026
O‘zbekiston futzal milliy jamoasi Osiyo Kubogini durang bilan boshladi
19:11 / 05.11.2025