O‘zbekiston terma jamoasi Turkmaniston bilan o‘yinoldi rasmiy mashg‘ulotini o‘tkazdi (fotogalereya)
Osiyo Kubogida ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi bugun, 13 yanvar kuni guruh bosqichining 2-turidagi Turkmanistonga qarshi bahs oldidan rasmiy mashg‘ulotni o‘tkazdi.
Mashg‘ulotlar yakshanba kungi bahs bo‘lib o‘tadigan «Rashid Stadium»da o‘tkazildi. Jarayonning dastlabki 15 daqiqasi OAV uchun ochiq ekanidan foydalangan Kun.uz fotomuxbiri u yerdagi muhit va kayfiyatni suratlar vositasida yetkazishga harakat qildi.
Eslatib o‘tamiz, ertaga, 13 yanvar kuni Osiyo Kubogida ikkinchi turga yakun yasaladi. Bahslarning so‘nggisi «F» guruhi vakillari – O‘zbekiston va Turkmaniston terma jamoalari o‘rtasida Dubay shahrida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanishi belgilangan.
Mavzuga oid
04:42 / 10.09.2023
O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston safarda AQShga mag‘lub bo‘ldi
22:31 / 14.06.2022
O‘zbekiston Tailandni mag‘lub etib, Osiyo kubogi-2023ga guruh g‘olibi sifatida yo‘llanma oldi
15:06 / 14.06.2022
O‘zbekiston–Iroq o‘yinidagi tartibsizlik uchun 19 kishi javobgarlikka tortildi
22:48 / 08.06.2022