Ayrim ma'lumotlarni rasman e'lon qilish bo‘yicha cheklovlarni olib tashlash to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq quyidagi ma'lumotlarni rasman e'lon qilish bo‘yicha ilgari belgilangan cheklovlar bekor qilindi:
foydali qazilmalarning zaxira va resurslari, ularning qazib olish va sotish hajmlari, mablag‘larning taqsimlanish to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” DKning 2013 yildan boshlab milliy va xalqaro standartlar asosidagi moliyaviy hisobotlari;
2017 yil 1 yanvar holatigacha davlat oltin valuta-zaxiralarining yillik hajmlari va ularning tarkibi;
davlat va davlat tomonidan kafolatlangan (ichki va tashqi) qarzlarning umumiy hajmi, ularning manbalari, valutalari, foiz stavkalari, so‘ndirish muddatlari, shuningdek qarzdor tashkilotlar kesimida o‘zlashtirilishi va qaytarilishi bo‘yicha ma'lumotlar.