Qurbon hayiti 16 iyun kuni nishonlanadi
Qurbon hayiti birinchi kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17 iyun – dushanba kuniga ko‘chiriladi, 18 iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.

Foto: Kun.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Qarorga ko‘ra, 2024 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16 iyun – yakshanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan yurtimizda 16 iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.
Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17 iyun – dushanba kuniga ko‘chiriladi, 18 iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari, mas’ul vazirlik va idoralarga muborak Qurbon hayitini xalq milliy an’ana va urf-odatlariga uyg‘un holda o‘tkazish uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, yurtdoshlar uchun muborak Qurbon hayiti kunlarida mo‘tabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratish topshirildi.
Mavzuga oid

09:58
Sanoat xavfsizligi sohasidagi bir qator hujjatlar takomillashtirildi

13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi

13:31 / 29.04.2025
O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish loyihasi amalga oshiriladi

12:49 / 31.03.2025