O‘zbekiston | 11:58 / 18.02.2019
42233
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat tashkilotlarida xizmat mashinasidan foydalanish to‘g‘risidagi qarorga qo‘shimcha kiritildi

Foto: KUN.UZ

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjetdan mablag‘ bilan ta'minlanadigan tashkilotlarda xizmat yengil avtotransportidan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida” 1999 yil 2 apreldagi 154-son qaroriga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat tartibini ta'minlash uchun kechki va tungi vaqtda jalb etilgan organlarning xizmat avtotransport vositalaridan samarali foydalanish tartibini takomillashtirish maqsadida qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjetdan mablag‘ bilan ta'minlanadigan tashkilotlarda xizmat yengil avtotransportidan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida” 1999 yil 2 apreldagi 154-son qaroriga quyidagi mazmundagi 10-1-band qo‘shildi:

“10-1. Belgilanishicha, “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi ixtiyorida bo‘lgan avtomototransport vositalari, shuningdek, boshqa texnika, agregat va uskunalar uchun yoqilg‘i mahsulotlarini sarflash va yillik yo‘l bosish limitlari hamda xizmat avtomobillari soni me'yorlari tegishlicha ushbu davlat organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Transport vazirligi va “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan holda belgilanadi”.

Manfaatdor vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtiradilar.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari - O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklandi.

Mavzuga oid