Jahon | 08:16 / 20.02.2019
46357
3 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston va Qirg‘izistonda sotuvda “rezina” tuxumlar paydo bo‘ldi (video) 

Qozog‘istonning Ust-Kamenogorsk shahrida sotuvda antiqa tovuq tuxumlari paydo bo‘ldi. Bu haqda Instagram’dagi oo_osa_semey_vko sahifasida joylashtirilgan video muallifi xabar berdi.

“Bugun ishda Xitoydan keltirilgan plastmassa tuxumlarni ko‘rsatishdi. Endi Qozog‘istongacha ham yetib kelibdi. Ular stolda “vanka-vstanka” kabi raqs tushadi. Tuxumni yorib ko‘rsak, ichidan gel chiqdi. Qaynatganingda tuxum kabi oqaradi. Ehtiyot bo‘lib sotib oling”, deb ogohlantirmoqda kadr ortidagi ovoz. 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Ust Kamenogorsk

Publikatsiya ot Obshchestvennoye Ob'yedineniye OSA (@oo_osa_semey_vko)

Bundan avvalroq Qirg‘iziston ijtimoiy tarmoqlari va messenjerlarida O‘sh shahridan bo‘lgan erkak bozorda ichidagi sarig‘i “rezina”dan bo‘lgan qalbaki tuxumlar sotib olganini ta'kidlagan video tarqalgan. 

“Bir qarashda haqiqiy tuxumlarga o‘xshaydi. Agar ichiga qarasangiz, xuddi rezina kabi. Xitoyda ishlab chiqariladigan bunday tuxumlar O‘shda ham sotila boshlanibdi. Balki bu holat avvalroq boshlangandir? Yeb yurib, bilmagandirmiz. Mana qarang – rezina. Tuxum axir bunday bo‘lmaydi-ku. Ehtiyot bo‘lib xarid qiling”, deb ogohlantirgan bu erkak ham.

Kaktus.media tahririyati Qirg‘iziston parrandachilik uyushmasi rahbari Rustam Osmonaliyevdan bozorda bunday tuxumlar qayerdan olingani haqida so‘ragan. Osmonaliyevning aytishicha, bu tuxumlar O‘zbekistondan keltirilgan bo‘lishi mumkin.

“Biz bir necha marotaba, jumladan OAV orqali hukumatga O‘zbekistondan tegishli veterinar hujjatlarsiz, kelib chiqish sertifikatlarisiz bo‘lgan kontrabanda tuxumlari keltirilayotgani haqida murojaat qilganmiz. Davlatimizda O‘zbekistondan kontrabanda boshlanishi bilan bozorlarimizda mana shunday tuxumlar uchrab turmoqda”, deb aytgan mutaxassis. 

Amaldor nima uchun tuxumning sarig‘i rezinka kabi ko‘rinishda ekanligi haqidagi savolga, bunga tuxumlarning muzlatgichlarda uzoq saqlangani sabab bo‘lishi mumkinligini aytgan. “Mahsulot aynimasligi uchun ba'zi ishlab chiqaruvchilar uni muzlatishadi. Ikkinchi taxmin, bu tuxumlar haqiqatan ham yo O‘zbekistonda, yo Xitoyda ishlab chiqarilgan sun'iy tuxumlardir”, deb qo‘shimcha qilgan Osmonaliyev.

“Bizda veterinar nazorat bo‘lmagan bir nechta chegara punkti mavjud. Aynan shu punktlar orqali “tashmachilar” qo‘l bagaji orqali 75 mingtagacha tuxum olib kirishlari mumkin. Bu mahsulot Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi veterinar me'yorlari, texnik reglamentiga muvofiq kelmaydi, u iste'mol uchun xavfli”, deb aytgan mutaxassis.

 

Mavzuga oid