2025 yil apreliga qadar Şimoliy Orol dengiziga 1,6 milliard kub metrga yaqin suv yuboriş rejalaştirilgan. Bu haqda Qozoğiston suv xöjaligi va irrigatsiya vaziri Nurjon Nurjigitov ma’lum qildi.
2023 yil oktyabridan 2024 yil apreligaça Orol dengiziga qariyb 1,3 milliard kub metr, yil boşidan esa jami 2 milliard kub metr suv yuborilgan.
Şuningdek, oy boşida Turkmanistonda bölib ötgan Markaziy Osiyo davlatlararo suv xöjaligini muvofiqlaştiruvçi komissiyasi yiğilişi kun tartibiga Şimoliy Orol dengizi mavzusi kiritildi.
– Yil boşidan buyon Şimoliy Orolga 2 milliard kub metrga yaqin suv jönatildi. Bugungi kunda dengizdagi suvning umumiy hajmi 22 milliard kub metrga yetdi. Suv diplomatiyasi va Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan hamkasblarimiz bilan yaqin hamkorlikdan taşqari, dengizni töldirişda suvni tejovçi texnologiyalarni joriy etiş muhim örin tutadi. Ularning şarofati bilan joriy yilda Qizilörda viloyati dehqonlari 200 million kub metr suv tejab, Şimoliy Orol dengiziga ham yuborildi. Bu masala juda muhim, biz uni turli yöllar bilan hal qilib, nazoratda uşlab turibmiz, dedi suv xöjaligi va irrigatsiya vaziri Nurjon Nurjigitov.
Turkmanistonda qöşni davlatlar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida vazir 1 aprelga qadar Qozoğistonning Çordara suv omboriga 11 milliard kub metr suv yuborilişi haqida kelişib oldi. Bu 2025 yilgi suğoriş mavsumi uçun janubiy hududlarda zarur suv hajmini töplaş imkonini berişi ta’kidlanmoqda.
Eslatib ötamiz, 1989 yilda Orol dengizi qurişi oqibatida ikkita suv havzasiga – Şimoliy va Janubiy Orolga ajralib ketgan edi. Şimoliy Orol – Qozoğiston hududida joylaşgan. Janubiy Orol — Özbekiston tomonda.








