Jahon | 07:33 / 23.02.2019
7933
2 daqiqa o‘qiladi

Venesuela BMTni AQShning gumanitar yordami xavfli bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi

Foto: U.S. Air Force / Tech. Sgt. Gregory Brook

Venesuela BMT bosh kotibi Antoniu Guterreshni AQSh shubhali tarzda Venesuelaga o‘z gumanitar yordamini “suqishtirayotgani”, uning ostida qurol bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Xorxe Arreasa ma'lum qildi. 

“Bu gumanitar yordam orasida qurol bo‘lishi mumkin”, deb aytgan Arreasa.

“Bu yordam Venesuelaga buning uchun zarur bo‘lgan oddiy tamoyillarga ham amal qilinmagan holda yetkazilmoqda. Bosh kotib buning ortidan sinchkovlik bilan kuzatmoqda”, deb qo‘shimcha qilgan u.

Ta'kidlanishicha, qurollar orasida yirik kalibrli pulemyotlar, avtomatik granatomyotlar, ko‘chirib yuriluvchi zenit-raketa majmualari, o‘qotar va artilleriya quroliga o‘q-dori bo‘lishi mumkin. 

Avvalroq AQSh Kolumbiyaga bir qator harbiy samolyotlarni jo‘natgan. Davlat departamentida ta'kidlanishicha, bu samolyotlarga gumanitar yordam ortilgan. Venesuela hukumati esa gumanitar yordam ostida ig‘vo tayyorlanayotganini ta'kidlamoqda.

Venesuelaning Vashingtondagi vakili muxolifatga qurol berilishi rejalari yo‘qligini ta'kidlamoqda.

Mavzuga oid