19:50 / 28.02.2019
23449

«Dori-darmon» raisi o‘zgardi, Amerika kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma bekor qilindi

«Dori-darmon» AK kuzatuv kengashi qaroriga binoan kompaniya boshqaruvi raisi Ravshan Azimovning vakolatlari ariza berganligi sababli muddatidan avval tugatildi.

Kuzatuv kengashi qarori bilan Umida Solihboyeva kompaniya boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Shuningdek, Amerikaning United Investment Healthcare Group MChJ bilan 2018 yil 6 dekabrda tuzilgan aksiyadorlik kompaniyasi ustav kapitalidagi davlat ulushini ishonchli boshqarish shartnomasi bekor qilindi.

Ravshan Azimov 2018 yilning aprelida «Dori-darmon» rahbarligiga tayinlangandi.

Top