Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2020 yilgacha farmatsevtika sanoatini rivojlantirish bo‘yicha 67 ta investitsion loyiha amalga oshiriladi
Shu yilning 4 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan O‘zbekiston farmatsevtlarining Pharmclub.uz hamkorligida davra suhbati tashkil qilindi.

Tadbirda mutaxassislar mamlakat rahbariyati tomonidan erkin iqtisodiy zonalar tashkil etilayotgani, bu esa barcha ishlab chiqarish korxonalari qatori farmatsevtika korxonalariga ham qator imtiyozlar berishini alohida qayd etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 16 sentabrdagi “2016-2020 yillarda respublikada farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 2020 yilgacha bo‘lgan davrda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish bo‘yicha jami 67 ta investitsion loyihalar ijrosi rejalashtirilgan.
Shuningdek, Bo‘stonliq, Zomin, Boysun tumanlarida va Sirdaryo viloyatida erkin iqtisodiy zonalarning tashkil etilayotganligi mahalliy farmatsevtika sanoatining yanada rivojlanishi, ishlab chiqarilayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning turi va hajmining oshib borishi hisobiga dori ta'minotini yanada yaxshilashda muhim o‘rin tutadi.
Mavzuga oid
23:36 / 29.04.2026
AQShda «opium epidemiyasi»ga sabab bo‘lgan farmatsevtika kompaniyasi yopiladi
08:31 / 07.04.2026
O‘zbekiston va Pokiston yuqori texnologiyali dori ishlab chiqarishi mumkin
18:01 / 05.03.2026
Prezident O‘zbekistondagi farmatsevtika korxonalari uchun yangi imkoniyatlarni e’lon qildi
11:02 / 03.03.2026