O‘zbekiston | 22:57 / 08.11.2017
14111
1 daqiqa o‘qiladi

Retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatining yangi tahriri davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, deb xabar beradi vazirlik rasmiy sayti.

Yangi tahrirdagi ro‘yxatga 129 ta nomdagi yangi dori vositalari qo‘shildi, amaldagi ro‘yxatda mavjud bo‘lgan 100 ta nomdagi dori vositasi esa, chiqarib tashlandi.

Muqaddam retseptsiz beriladigan dori vositalari 1225 tani tashkil etgan bo‘lsa, endilikda ularning soni 1254 tani tashkil etadi.

Bunda, ro‘yxatda belgilanishicha, dori vositalarining o‘ramlari, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari, ilova-varaqalarida ko‘rsatilgan dori vositalarini berishda berish tartibidan qat'i nazar, ushbu ro‘yxatga amal qilinishi kerak.

Ro‘yxatning to‘liq matni bilan Lex.Uz da tanishish mumkin.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid