13:44 / 04.03.2019
9108

Chempionlik intrigasini o‘ldirgan o‘yin, kuchli uchlikka qaytgan «Milan» va Italiya chempionatida turning boshqa voqealari

Foto: Getty Images/Francesco Pecoraro

Dam olish kunlari Italiya chempionatida 26-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Unda e'tiborga loyiq bo‘lgan bir qancha voqealar yuz berdi.

«YuVeNTUS» ASOSIY RAQIBINI YeNGIB, CheMPIONLIKKA YaQINLAShIB OLDI

Turning markaziy o‘yini Neapolda o‘tkazildi. «San-Paolo»da so‘nggi yillarning eng kuchli ikkita klubi bellashdi – ikkinchi o‘rinda borayotgan «Napoli» peshqadam «Yuventus»ni qabul qildi. Oradagi farq 13 ochko bo‘lishi va chempionlik poygasi natijasi deyarli ma'lum bo‘lishiga qaramay, har ikkala jamoa chiroyli va hujumkor o‘yinni namoyish qilishdi.

25-daqiqada o‘yin taqdirini hal qilgan voqea yuz berdi. «Napoli» himoyachisi to‘pni darvozabon Meretga oshirishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Ronaldu unga birinchi bo‘lib yetib kelib, bir harakatda darvozabonni aldab o‘tmoqchi bo‘ldi. Meret esa to‘pni qaytarishga harakat qilib, uni chalib yiqitdi. Natijada, posbon maydondan chetlatildi, Pyanich esa jarima zarbasini golga aylantirdi. Oradan 10 daqiqa o‘tgach, hisobdagi farq oshdi. Burchakdan oshirilgan to‘pni Jan boshi bilan «Napoli» darvozasiga yo‘lladi.

Tanaffusdan keyin Pyanich ikkinchi sariq kartani ishlab olib, maydonni tark etdi. Shundan so‘ng, mezbonlar hujumlar bosimini oshirishdi. 61-daqiqada Insine tomonidan jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni Kalexon darvozaga kiritishga erishdi. Hisobdagi farq qisqargach, «Napoli» katta kuch bilan oldinga o‘tdi. «Yuventus» esa ko‘pchilik bo‘lib himoyalana boshladi. 84-daqiqada hisob tenglashishi mumkin edi. Ammo Insine penaltidan samarali foydalana olmadi. Uning zarbasidan so‘ng, to‘p darvoza ustuniga tegib qaytdi.

Bu natijadan so‘ng, «Yuventus» 72 ochko jamg‘arib, «Napoli» bilan oradagi farqni 16 ochkoga yetkazdi.

Napoli – Yuventus 1:2 (0:2, 1:0)
3 mart, «San-Paolo» stadioni
Gollar: 0:1 – 28 Pyanich, 0:2 – 39 Jan, 1:2 – 61 Kalexon.
Amalga oshirilmagan penalti: Insine (84, ustun)
Napoli – Meret, Malkyui (Mertens, 46), Maksimovich, Kulibali, Xyusay, Kalexon (Una, 78), Allan, Fabian Ruis, Zelinski, Milik (Ospina, 27), Insine.
Yuventus – Shchensni, Joau Kanselu (De Shilo, 61), Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro, Bernardeski (Dibala, 85), Jan, Pyanich, Matyuidi, Manjukich (Bentankur, 74), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Pyanich (34), Joau Kanselu (54), Maksimovich (77), Aleks Sandro (83), Kulibali (86), Allan (89), Bentankur (89), Dibala (90).
Chetlatish: Meret (25), Pyanich (47).

«LATsIO» RIM DeRBISIDA «ROMA»NI YeNGDI

«Latsio» Rim derbisida «Roma»ni qabul qildi. Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurashayotgan jamoalarga bu o‘yindagi ochkolar juda muhim edi. «Latsio» 12-daqiqadayoq tezkor gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Korreaning ajoyib uzatmasidan so‘ng, Kaysedo darvozabon bilan yuzma-yuz chiqib, uni dog‘da qoldirdi. Shundan so‘ng, «Roma» biroz jonlanib, xavfli hujumlarni uyushtirdi. Ammo Jyeko va Pellegrini zarbalarini darvozabon Strakosha qaytara oldi.

Ikkinchi bo‘limda «Roma» yana ikkita qulay vaziyatda raqibni «kechirdi». 72-daqiqada esa «Latsio» tezkor qarshi hujumda penalti ishlab oldi. Immobile undan foydalanib, hisobdagi farqni oshirdi. Bu bilan o‘yin taqdiri deyarli hal bo‘lgan edi. «Latsio» o‘yin oxiriga qadar sovuqqonlik bilan himoyalanib, 89-daqiqada yana bir gol urishga erishdi. Kataldi uzoq masofadan aniq zarba yo‘llab, jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasini ta'minladi.

Bu natijadan so‘ng, «Roma» 44 ochko bilan 5-o‘rinda qoldi, «Latsio» esa 41 ochko bilan 8-o‘ringa ko‘tarildi.

Latsio – Roma 3:0 (1:0, 2:0)
2 mart, «Stadio Olimpiko» stadioni
Gollar: 1:0 – 12 Kaysedo, 2:0 – 73, penalti Immobile, 3:0 – 89 Kataldi.
Latsio – Strakosha, Bashtush, Acherbi, Radu, Marushich, Milinkovich-Savich, Leyva, Luis Alberto (Parolo, 70), Lulich, Kaysedo (Immobile, 64), Korrea (Kataldi, 78).
Roma – Olsen, Florensi, Fasio, Jyezus, Kolarov, Kristante, de Rossi (Pastore, 66), Pellegrini, Dzanolo (Perotti, 61), Jyeko, El-Shaaravi (Shik, 82).
Ogohlantirishlar: Jyezus (5), Lulich (55), Fasio (72), Milinkovich-Savich (77), Kataldi (90), Kolarov (90), Radu (90), Jyeko (90).
Chetlatish: Kolarov (90).

«MILAN» UChINChI O‘RINGA ChIQIB OLDI

«Milan» o‘z maydonida «Sassuolo»ni qabul qildi va juda qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Mehmonlar o‘yinda ancha faol bo‘lishdi, hatto gol urish uchun ko‘proq vaziyatlarni yaratishdi. Ammo «Milan» himoyada yaxshi harakat qildi, darvozabon Donnarumma esa bir qancha vaziyatlarda xavfli zarbalarni bartaraf qilib turdi. Ayniqsa, Berardi va Bog hisobni ochish uchun juda yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘lsa-da, yosh posbon ularning rejalarini chipakka chiqardi. Yagona gol 35-daqiqada urildi. Burchak zarbasi amalga oshirilganidan so‘ng, himoyachi Lirola to‘pga tashlangan Pyontek va Musakkoga halaqit beraman deb, o‘z darvozasini nishonga olib qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limda, mehmonlar darvozaboni Konsili to‘pga chiqishda xatolikka yo‘l qo‘ydi va bo‘sh qolgan darvozaga o‘tib ketayotgan Pyontekni ushlab qoldi. Natijada, bosh hakam uni maydondan chetlatdi. Bir futbolchi ko‘p bo‘lib qolgan «Milan» esa xotirjamlik bilan g‘alaba keltiruvchi hisobni ushlab qoldi.

Bu natijadan so‘ng, «Milan» 48 ochko bilan 3-o‘ringa chiqib oldi, «Sassuolo» esa 31 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.

Milan – Sassuolo 1:0 (1:0, 0:0)
2 mart, «Juzeppe Meatssa (San-Siro)» stadioni
Gol: 1:0 – 35, avtogol Lirola.
Milan – Donnarumma, Kalabriya, Musakko, Romanoli, Rodriges, Kessie, Bakayoko (Bigliya, 56), Lukas Paketa (Kastilexo, 73), Suso, Pyontek (Kutrone, 84), Chalxanoglu.
Sassuolo – Konsili, Lirola, Demiral, Ferrari, Peluzo, Sensi, Manyanelli (Pegolo, 68), Lokatelli (Burabiya, 63), Berardi, Jurichich (Matri, 74), Boga.
Ogohlantirishlar: Bakayoko (37), Lukas Paketa (51), Rodriges (90).
Chetlatish: Konsili (64, Sassuolo).

«INTeR» KUTILMAGANDA «KALYaRI»GA YuTQAZDI 

«Inter» safarda «Kalyari» bilan o‘ynadi. Bu o‘yin «neradzurri»ning kutilmagan mag‘lubiyati bilan tugadi.

31-daqiqada jarima zarbasi amalga oshirilgach, Perishich to‘pni o‘z darvozasiga yo‘llab qo‘ydi. Oradan 7 daqiqa o‘tgach, «Inter» vaziyatni o‘ngladi. O‘ng qanotdan jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni Martines yaqin masofadan boshi bilan darvozaga kiritdi. Biroq, «Kalyari» bo‘lim oxirida yana bir golni urdi. O‘ng qanotdan jarima maydoniga oshirilgan to‘pni Pavoletti kuchli zarba bilan darvozaga yo‘lladi. Darvozaboni Handanovich bu vaziyatda jamoasiga yordam berishga ojiz edi. Ikkinchi bo‘limda «Inter» katta kuch bilan hujum qilsa-da, raqib darvozasini ishg‘ol etolmadi.

Bu natijadan so‘ng, «Inter» 47 ochko bilan 4-o‘ringa tushdi, «Kalyari» esa 27 ochko bilan 14-o‘ringa chiqib oldi.

Kalyari – Inter 2:1 (2:1, 0:0)
1 mart, «Sardenya» stadioni
Gollar: 1:0 – 31, avtogol Perishich, 1:1 – 38 Martines, 2:1 – 43 Pavoletti.
Kalyari – Krano, Srna, Cheppitelli, Pizakane, Pellegrini, Farago, Chigarini (Bradarich, 70), Ionitse (Padoin, 86), Barella, Pavoletti, Joao Pedro (Despodov, 81).
Inter – Xandanovich, D`Ambrozio, de Vrey, Shkrinyar, Asamoa (Kandreva, 83), Vesino (Valero, 68), Brozovich (Ranokkiya, 87), Politano, Nainggolan, Perishich, Martines.
Ogohlantirishlar: Chigarini (8), Joao Pedro (20), Shkrinyar (29), Vesino (65), Brozovich (71), Farago (76), Pavoletti (79), Krano (90).

26-TURNING BARChA NATIJALARI

1 mart
Kalyari – Inter 2:1 (2:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 31, avtogol Perishich, 1:1 – 38 Martines, 2:1 – 43 Pavoletti.

2 mart
Empoli – Parma 3:3 (1:2, 2:1)
Gollar: 0:1 – 13 Jyervino, 1:1 – 18 Dell`Orko, 1:2 – 45 Rigoni, 2:2 – 59, penalti Kaputo, 2:3 – 82 Brunu Alvesh, 3:3 – 90 Silvestre.

Milan – Sassuolo 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 35, avtogol Lirola.
Chetlatish: Konsili (64, Sassuolo).

Latsio – Roma 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 12 Kaysedo, 2:0 – 73, penalti Immobile, 3:0 – 89 Kataldi.
Chetlatish: Kolarov (90, Roma).

3 mart
Napoli – Yuventus 1:2 (0:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 28 Pyanich, 0:2 – 39 Jan, 1:2 – 61 Kalexon.
Chetlatish: Meret (25, Napoli), Pyanich (47, Yuventus).

Torino – Kevo 3:0 (0:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 76 Belotti, 2:0 – 90 Rinkon, 3:0 – 90 Dzadza.

SPAL – Sampdoriya 1:2 (0:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 4 Kualyarella, 0:2 – 11 Kualyarella, 1:2 – 90 Kurtich.
Chetlatish: Chonek (90, SPAL).

Jyenoa – Frozinone 0:0
Chetlatish: Kassata (34, Frozinone).

Udineze – Bolonya 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 25, penalti de Paul, 1:1 – 39 Palasio, 2:1 – 79 Pussetto.

Atalanta – Fiorentina 3:1 (2:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 3 Muriel, 1:1 – 28 Ilichich, 2:1 – 34 Gomes, 3:1 – 59 Gosens.

A SeRIYa JADVALI

A SeRIYa TO‘PURARLARI
19 - Kshishtof Pyontek (Jyenoa/Milan, 2 pen), Krishtianu Ronaldu (Yuventus, 5), Fabio Kualyarella (Sampdoriya, 5)
16 - Duvan Sapata (Atalanta, 1)
14 - Arkadiush Milik (Napoli)
12 - Franchesko Kaputo (Empoli, 2), Chiro Immobile (Latsio, 3)
10 - Andrea Petanya (SPAL, 2), Leonardo Pavoletti (Kalyari)

26-TURNING RAMZIY TeRMA JAMOASI

27-TUR O‘YINLARI

8 mart
Yuventus - Udineze

9 mart
Parma - Jyenoa
Kevo - Milan

10 mart
Bolonya - Kalyari
Inter - SPAL
Sampdoriya - Atalanta
Frozinone - Torino
Sassuolo - Napoli
Fiorentina - Latsio

11 mart
Roma - Empoli

«YuVeNTUS» TARIXIY ReKORDINI YaNGILADI

26-turning markaziy o‘yinida «Napoli» mehmoni bo‘lgan «Yuventus» 2:1 hisobidagi g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, Turin klubining A Seriya doirasidagi safar o‘yinlarida qayd etayotgan mag‘lubiyatsiz seriyasi 26ta o‘yinga yetdi. Opta ma'lumotiga ko‘ra, bu – klub tarixidagi rekord ko‘rsatkichdir.

«Yuventus» ichki chempionatning safar o‘yinida oxirgi marta 2017 yil noyabrida «Sampdoriya»ga (2:3) yutqazgan edi.

Mavzuga oid
Top