«Milan» — «Inter» 1:2
Gollar: Tomori (80) — Açerbi (18), Tyuram (49).
«Milan» – Menyan, Kalabriya, Tomori, Gabbiya, Ernandes, Loftus-Çik (Çukvueze, 68), Pulişiç, Adli (Binnosir, 68), Reynders (Jiru, 52), Musa (Okafor, 77), Leau.
«Inter» – Zommer, Darmian (Dumfris, 84), Açerbi, Pavar, Bastoni, Dimarko (Karlos Augusto, 78), Mxitaryan, Çalxonöğli (Aslani, 84), Barella (Frattezi, 77), Tyuram, Martines.
Ogohlantirişlar: Barella (22), Martines (32), Ernandes (36), Gabbia (90), Tomori (90+2). 
Çetlatişlar: Ernandes (90+4), Dumfris (90+4), Kalabriya (90+7).

Özining azaliy raqibiga qarşi öyinda 20-skudettosini qölga kiritiş va emblemasida ikkinçi yulduzga ega böliş — ajoyib maqsad. Yakşanba kungi öyin oldidan neradzurrilarning ikki mingdan ortiq muxlisi «Inter» bazasiga taşrif buyurişi futbolçilarni yanada ruhlantirdi.

«San-Siro»da ham ular faolroq qöllab-quvvatlab, öşa ikkinçi yulduz şişa şarda aks etgan bannerni kötarişdi, unda şunday yozuvlar bitilgandi: «Bizning qismatimiz — sizning dahşatli tuşingiz». Ular raqiblarning yigirma tituldan faqat 19 tasi maydonda öynab qölga kiritilgani haqidagi arifmetikasiga tupurişadi. Milanning qizil-qora qismidagilar (xuddi Turindagilar kabi) «Modjigeyt»ni eslatib turişadi, öşa iş tufayli «Yuventus» V seriyaga tuşirib yuborilgan, skudetto-2006 esa öşa mavsumda ikkinçi örinni egallagan «Inter»ga berilgandi.

Bu derbi Stefano Pioli uçun ham alohida ahamiyatga ega edi, u mavsum yakunida iste’foga çiqarilişi hal qilib bölingan. Garçi murabbiyning özi kelgusida ham «Milan»ga köp narsa bera olişi mumkinligiga işontirayotgan bölsa-da. Qolaversa, bu qatorasiga beşta derbi boy berilganidan keyin «Inter»dan öziga xos qasos oliş uçun imkoniyat edi.

«Biz yana bir derbini boy berişni istamaymiz. Ular skudettoga munosib, ammo biz bu bugun röy bermasligi uçun barça işni qilişimiz kerak», — degandi Pioli. Ammo gap boşqa, amal — boşqa. Kadrlar muammosi, klassik markaziy hujumçisiz öynaş qarori amalda rossonerilarni butun öyin davomida tişsiz qilib qöydi — faqat öyin sönggidagi ikki muştlaşuv va uç çetlatişni inobatga olmaganda.

Indzagi esa tarkibda yangi narsa öylab topmadi. U jamoasi şusiz ham kuçliroq ekanini bilib turardi. Muxlislar golni uzoq kutişmadi. 18-daqiqada töp burçakdan uzatib berildi, Pavar töpni yanada orqaroqqa ötkazib yubordi va darvoza qarşisida böş qoldirilgan 36 yoşli himoyaçi Açerbi osonlik bilan hisobni oçdi.

Hayratlanarli, ammo uşbu tajribali futbolçi faoliyati davomida köplab klublarda, jumladan «Milan»da ham öynaganiga qaramay biror marta Italiya çempioni bölmagandi. Aynan Françesko çempionlik öyinida gol urgani ramziy ahamiyatga ega böldi. U Simone Indzagi bilan «Latsio»da birga işlagan va uning ortidan «Inter»ga kelib, çempion jamoaning asosiy futbolçilaridan biriga aylangandi. Futbolçi va murabbiy birgalikda katta yölni bosib ötişdi. «Latsio»da kubok turniridagi ğalabadan Çempionlar ligasi finali va ular uçun uzoq kutilgan skudettogaça. Açerbi uçun bu birinçisi. Indzagi uçun — murabbiy sifatidagi birinçisi, u oxirgi marta 24 yil oldinda «Latsio» futbolçisi sifatida çempion bölgandi. 

Beş daqiqa ötib A seriyaning eng yaxşi töpurari Lautaro Martines darvozabon hududida turib Dimarkoning uzatmasidan keyin töpni osmonga qaratib tepdi. Argentinalik hujumçi mavsum yakunida öziga öxşamayapti. U mavsum davomida namoyiş etgan sport formasini yöqotib qöygan. 

Keyin esa öyin tinçlandi va faqat bölim oxiriga kelib jamoalar jonlanişdi. Avvaliga Tyuram qulay imkoniyatni yöqqa çiqardi, uning jarima maydoni markazidan yöllagan zarbasi ustun yonidan ötib ketdi. «Milan» ham darhol birinçi bölimdagi yagona golli vaziyatini yuzaga keltirdi: çap qanot himoyaçisi Kalabriya hujumga qöşildi, ammo Zommer uning yaqin masofadan yöllagan zarbasini tösib qoldi. Keyingi hujumda «Inter» ikkinçi bölimni quruq rasmiyatçilikka aylantirişi mumkin edi, ammo Mxitaryan Tomorining sovğasidan foydalana olmadi.

Murabbiylar tanaffusda özgarişlar qilişmadi, ikkinçi bölim boşlanganidan tört daqiqa ötib hisob 0:2 körinişiga keldi. Tyuram nihoyat vaziyatdan foydalandi, garçi zarba berişdan oldin Tomorini aldab ötişga kirişib, epizodni çözib yuborgan bölsa-da. «Milan» ehtiyotkorona öynaşda davom etdi va köp hujum qilmadi. Faqat 80-daqiqada jamoa nima bölganda ham grand ekanini eslab qoldi va ğalabani şunçaki berib yubormoqçi emasligini namoyiş etdi.

Bölim boşida Tyuramning fintlariga doş bera olmagan Tomori hisobni qisqartirdi. Köp ötmay hisob tenglaşişi mumkin edi, ammo Pavar töpni darvoza çiziğidan qaytarib yubordi.

Ammo Pioli jamoasi yakuniy şturmni amalga oşira olmadi. Hakam beş daqiqa qöşib berdi, ammo futbolçilar bu daqiqalarda hujum qiliş örnga asosan muştlaşiş bilan şuğullanişdi. Yakunda uç futbolçi çetlatildi va derbi nomi oqlandi.

«Inter» qatorasiga olti derbida «Milan»ni mağlub etdi. Qolaversa, «Inter» qölga kiritilgan skudettolar soni böyiça «Milan»dan özib ketdi. Endi ulardagi sovrinlar soni 19 taga qarşi 20 ta. Şu bilan birga, klub futbolkasida ikkinçi yulduzga ega böldi.

Çempionlar ligasini erta tark etgan bölsa-da, «Inter» mavsumni sovringa haqli ötkazgandi. Keyingi turda uy uçraşuvida Simone murabbiylik faoliyatidagi ilk çempionlikni nişonlab, skudettoni boşi uzra kötaradi.