Angliya: Artetaning yubileyi

Gabriel gol urayotgan vaziyat
Foto: JUSTIN SETTERFIELD/GETTY IMAGES

«Arsenal» — «Kristal Pelas» 5:0
Gollar: Gabriel (11), Henderson (37, avtogol), Trossar (59), Martinelli (90+4, 90+5). 
«Arsenal» – Rayya, Uayt, Gabriel (Kivior, 81), Saliba, Zinçenko, Edegor, Rays (Jorjinio, 73), Haverts (Smit-Rou, 69), Trossar (Martinelli, 69), Saka, Gabriel Jyezus (Nketia, 81).
«Kristal Pelas» – Henderson, Klayn (Ahamada, 76), Andersen, Gehi (Tomkins, 87), Riçards, Mitçell, Hyuz (Ozo, 68), Lerma, Şlupp (Mateus Fransa, 76), Eze, Mateta.

Yangi yil kunlarida muxlislarining dilini xira qilgan «Arsenal» nihoyat 17 dekabrdan buyon birinçi ğalabasiga erişib, barça turnirlar doirasidagi uç mağlubiyatdan iborat seriyasiga barham berdi. Inqiroz holatiga tuşib qolgan «Kristal Pelas»ga qarşi öyin töliq «kanonirlar» nazoratida ötdi. Öyinni amalda standart vaziyatlar hal qildi, birinçi bölimda braziliyalik himoyaçi Gabriel Magalyans jamoaning asosiy quroliga aylandi va Mikel Arteta «Emireyts»dagi 50-ğalabani nişonlaşini ta’minladi.

11-daqiqada Gabriel burçakdan töp uzatilganida darvozabon hududida baland sakradi va boş bilan darvozani işğol etdi. Ikkinçi bor darvoza işğol etilganida gol «Kristal Pelas» darvozaboni Din Henderson nomiga yozildi, töp unga tegib darvozaga kirgandi, ammo bu vaziyatda ham barçasini murakkab vaziyatda turganiga qaramasdan boş bilan zarba berişni uddalagan himoyaçi hal qilgandi.

Bu mavsumda «Arsenal» standart vaziyatlardan urilgan gollar soni böyiça APLda eng yaxşi natijani qayd etmoqda (13).

Mehmonlar esa raqib mudofaasidan öta olmadi va asosan uzoq masofadan zarbalar yöllaş bilan öz omadini sinab kördi - zarbalar böyiça nisbatan yuqori körsatkiç qayd etilgani ham şu tufayli böldi (21-12, aniq zarbalar böyiça 6-5), ammo amalda bunday zarbalar Rayya uçun oson ölja edi.

Ikkinçi bölim boşida esa boşqa bir Gabriel - hujumçi Jyezus qarşi hujumda Trossarni qulay vaziyatga çiqarib yubordi va hisob yirik köriniş oldi. Belgiyalik futbolçi örniga tuşirilgan uçinçi Gabriel - Martinelli esa öyinga qöşib berilgan daqiqalarda egizak gollar bilan hisobni 5:0 körinişga keltirdi. Bu mavsumda ikkinçi bor şu hisobda ğalaba qozongan «Arsenal» turnir jadvalida uçinçi öringa kötarildi, «Kristal Pelas» 15-örindan 14-öringa tuşdi, Roy Hojson APL jamoalari boş murabbiylari orasida iste’foga çiqiş uçun asosiy nomzodga aylandi.