O‘zbekiston | 17:29 / 20.03.2019
31139
5 daqiqa o‘qiladi

Toshkent: Vebster universiteti ochildi

Foto: Webster

O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 20 martdagi 4245-sonli qarori bilan Toshkent shahrida Vebster universitetining  ta'lim dasturlarini amalga oshirish markazi tashkil etildi. Markaz Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Vebster universiteti tomonidan ta'sis etiladi, deya xabar beradi vazirlik matbuot xizmati. 

Vebster universitetining Toshkent markazida 2019/2020 o‘quv yilidan o‘quv jarayonlari boshlanadi va bu yerda bakalavriatning asosiy 14 ta ta'lim yo‘nalishi hamda 16 ta magistratura mutaxassisligida kadrlar tayyorlanadi. 

Markazda o‘qitish kunduzgi ta'lim shaklida, to‘lov-shartnoma asosida, ingliz tilida, jumladan, elektron ta'lim va masofaviy ta'lim texnologiyalarini qo‘llagan holda Vebster universiteti tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalar va dasturlar asosida amalga oshiriladi. 

Bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma'lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Vebster universiteti diplomi beriladi. 

Abituriyentlar qabuli va bitiruvchilar attestatsiyasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelishgan holda Vebster universiteti tomonidan belgilangan talab, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi. 

Poytaxt markazida Vebster universitetining quyidagi ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlanadi:

Bakalavriatning 14 ta asosiy ta'lim yo‘nalishi:

·      Boshqaruvning axborot tizimlari (fan bakalavri);

·      Interfaol raqamli media (san'at bakalavri);

·      Mediakommunikatsiyalar (san'at bakalavri);

·      Grafik dizayn (san'at bakalavri);

·      Reklama va marketing kommunikatsiyalari (san'at bakalavri);

·      Informatika (fan bakalavri);

·      Tadbirkorlik (san'at bakalavri);

·      Iqtisodiyot (san'at bakalavri);

·      Xalqaro munosabatlar (san'at bakalavri): xalqaro iqtisodiyotga e'tibor qaratiladi;

·      Buxalteriya hisobi (fan bakalavri);

·      Yevropa tadqiqotlari (san'at bakalavri);

·      Global jurnalistika (san'at bakalavri);

·      Jamoatchilik bilan aloqalar (san'at bakalavri);

·      Kino, televideniye va video ishlab chiqarilishi (san'at bakalavri).

16 ta magistratura mutaxassisligi:

·      Axborot texnologiyalar boshqaruvi (san'at magistri);

·      Kommunikatsiyalar boshqaruvi (san'at magistri);

·      Biznes boshqaruvi (biznesni boshqarish bo‘yicha magistr);

·      Biznes va tashkiliy xavfsizlik boshqaruvi (san'at magistri);

·      Savdo boshqaruvi (san'at magistri);

·      Mediakommunikatsiyalar (san'at magistri);

·      Reklama va marketing kommunikatsiyalari (san'at magistri);

·      Ta'lim va innovatsiyalar (san'at magistri)

·      Ta'lim texnologiyalari (san'at magistri);

·      Amaliy pedagogik psixologiya (san'at magistri);

·      STEM (san'at magistri);

·      Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish (san'at magistri);

·      Menejment va liderlik (san'at magistri);

·      Ekologiya menejmenti (san'at magistri);

·      Sog‘liqni saqlash boshqaruvi (san'at magistri);

·        Sud hisobi (fan magistri).

Mavzuga oid