Jahon | 14:26 / 21.03.2019
8874
1 daqiqa o‘qiladi

Nyu-Dehli Londonda qo‘lga olingan hind milliarderining Hindistonga topshirilishini so‘ramoqda

Foto: REUTERS

Nyu-Dehli firibgarlikda ayblanayotgan hind milliarderi, zargarlik firmasi egasi Nirav Modining Hindistonga topshirilishi ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Hindiston TIV vakili Ravish Kumar ma'lum qildi.

"Biz Birlashgan Qirollik hukumati tomonidan Nirav Modining hibsga olinganligini olqishlaymiz. Hindiston hukumati Buyuk Britaniya rasmiy shaxslari bilan Nirav Modining tezroq topshirilishi masalasini faol muhokama qilmoqda", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan NDTV telekanali.

Modi Londonda hind hukumati so‘rovi bilan qo‘lga olingan.

Nirav Modi hindistonlik milliarder Mexula Choksining jiyani bo‘lib, ularning ikkisi ham Hindiston qidiruvlar markaziy byurosi tomonidan Panjob milliy banki xodimlari bilan til biriktirgani uchun qidiruvga berilgan. Tadbirkorlar milliy bankning 2 mlrd dollarlik mablag‘larini o‘zlashtirgan, so‘ngra boshqa qarindoshlari bilan birga Hindistondan qochgan. 

Mavzuga oid