Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elchi: London Gurjiston bilan mudofaa sohasidagi muzokaralarni bekor qildi
Britaniyaning Tbilisidagi elchisi Garret Uord parlament saylovlaridan so‘ng Gurjiston hukumati g‘arbparast yo‘nalishga qaytishiga va tomonlar o‘rtasida ishonch qayta tiklanishiga umid bildirdi.
Buyuk Britaniya so‘nggi 10 yil ichida birinchi marta har yili qirollik tomonidan Gurjiston bilan vazirlar darajasida o‘tkaziladigan strategik Uordrop dialogini muzlatishga qaror qildi. Bundan tashqari, Britaniya tomoni yuqori darajadagi mudofaa bo‘yicha bo‘lajak muzokaralarni bekor qildi va kiberxavfsizlik dasturini to‘xtatdi. Buyuk Britaniyaning Gurjistondagi elchisi Garret Uord 15 oktyabr, seshanba kuni InterpressNews internet nashriga bergan intervyusida shu haqda gapirdi.
Shu bilan birga, elchi 26 oktyabr kuni Gurjistonda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlaridan so‘ng mamlakat hukumati g‘arbparast yo‘nalishga qaytishiga, London va Tbilisi o‘rtasidagi ishonch qayta tiklanishiga umid bildirdi.
Putin Gurjiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni kengaytirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Gurjiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni kengaytirish haqidagi farmonni imzoladi. Mazkur farmon 10 oktyabr kuni huquqiy axborot rasmiy internet portalida e’lon qilindi va darhol kuchga kirdi.
Hujjatga ko‘ra, endilikda RFga kirish uchun vizasiz rejim Rossiya Federatsiyasiga mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida yoki vaqtincha bo‘lish uchun 90 kundan ortiq muddatga kelgan Gurjiston fuqarolariga nisbatan qo‘llanadi. Ilgari ushbu toifadagi Gurjiston fuqarolari vizasiz Rossiyaga kirish yoki Rossiya Federatsiyasidan chiqib ketish huquqiga ega emas edi.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Gurjiston fuqarolari uchun vizasiz rejim kengaytirilishini ikki davlat munosabatlari dinamikasi bilan bog‘lamaslikka chaqirdi.
Mavzuga oid
14:42 / 04.07.2026
Yevropa sari navbatdagi bekat. Shavkat Mirziyoyev – Gurjistonda
13:49 / 04.07.2026
23 yillik tarixiy tashrif. Gurjiston bilan aloqalarning yaxshilanishi nega muhim?
17:34 / 03.07.2026
Tbilisida Alisher Navoiy haykali ochildi
14:55 / 03.07.2026