O‘zbekiston | 18:13 / 21.03.2019
8704
2 daqiqa o‘qiladi

Qator xorijiy davlatlar rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z bayrami bilan tabriklashdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, jamoat arboblaridan Navro‘z bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda, deya xabar beradi davlat rahbari matbuot xizmati.

Xususan, Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin, Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Tojikiston Respublikasi prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Ozarbayjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev, Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani, Eron Islom Respublikasi prezidenti Hasan Ruhoniy tabrik yuborgan.

Shuningdek, Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud, Saudiya Arabistoni valiahdi Muhammad ibn Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud, Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum, Birlashgan Arab Amirliklari bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon, Afg‘oniston Islom Respublikasi Hukumati ijroiya kengashi raisi Abdulla Abdulla, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda va boshqalar tabrik yo‘llagan.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid