Jamiyat | 18:30 / 21.03.2019
16642
6 daqiqa o‘qiladi

Yulduzxonda o‘sib chiqqan suyak yurakka yaqinlashib qoldi. Operatsiyani tezlashtirish lozim

Mushtipar onalar... Ular hayot so‘qmoqlarida ne-ne past-balandliklarni ko‘rmaydi deysiz?! Bu sodda qalb egalari ro‘zg‘or tashvishlari, farzandlar uchun yelib-yugurishlardan hech toliqmaydi, charchamaydi. Biz yashab turgan dunyoda shunday onalar borki, ular har kuni, har daqiqada ruhan azoblanadi. Ularning farzandlari nuqsonga egaligi sabab bir daqiqa ko‘zga uyqu olishi dargumon.

Shunday oilalardan biri haqida tahririyatimizga xabar kelib tushdi va bu insonlar oldiga yo‘l oldik. Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Ramadan ko‘chasida istiqomat qiluvchi oilaning to‘ng‘ich farzandi Yulduzxon og‘ir xasta. Bemor qizaloqning onasi Ziroat opa bilan shu masalada suhbatlashdik. 

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

«Bizning 3 nafar farzandimiz bor. Katta qizim Yulduzxon. Bu qizim o‘zi kech yurdi. Keyingi farzandimdan ham kechroq yurdi. Ma'lum vaqt o‘tgandan so‘ng bilsak, orqasidan suyak o‘sib chiqibdi. Do‘xtirlarga olib bordik. Qizingiz sal katta bo‘lsin, deyishdi. Har xil tashxislar qo‘yishdi. Shifokorlar o‘z holiga qo‘yib qo‘yaveringlar deyishdi. 10 yil ichida yaxshi yurdi. Endi esa bu narsa yuragini siqib qo‘yadigan bo‘ldi. Bemalol yotishiga ham xalaqit qiladi. Keyin pediatriya institutiga bordik. Ular bizda O‘zbekistonda operatsiya qilib bo‘lmaydi, deyishdi. «AKFA MEDLINE»ga bordik. U yerdagilar hindistonlik do‘xtirlar kelishadi, ularga ko‘rsataylik-, deb tavsiya qilishdi. Hindistonlik mutaxassislar MRT va boshqa apparatlarga tushirib, tekshirib ko‘rdilar. Hindistonga olib borsak, operatsiya qilishni, operatsiya sifatiga kafolat berishlarini aytishdi. Hindistondan surishtirgan edik, 17 ming AQSh dollariga yaqin mablag‘ ketishini aytib, zarur hujjatlarni jo‘natishdi.

Qizim hozir bir oyog‘ini ham yaxshi bosolmayapti. Belining orqa qismida o‘sib borayotgan suyak yurakka yaqinlashib qolgan. Shu sabab, bitta o‘pkaga ta'sir qilgan. U ham yurakni siqib qo‘yibdi. Bu hayot uchun xavfli, yurakka yetib borsa, farzandimizdan ajralib qolishimiz mumkin ekan. Zudlik bilan operatsiya qilmasak bo‘lmas ekan. Sharoitimiz esa buni ko‘tara olmaydi. O‘zim shifoxonada sanitar bo‘lib ishlayman. Xo‘jayinim elektr ustasi. O‘zim 600 ming, xo‘jayinim 800 ming so‘m oylik olamiz. Lekin, hayotimizdan nolimaymiz, baribir», – deydi mushtipar ona ko‘zlaridagi yoshni tiya olmay.

Kamtargina hayot kechirayotgan bu oiladagi muhit bizda o‘zgacha iliq taassurot qoldirdi. Ona va bola, opa va singillar o‘rtasida asrlar osha shakllangan o‘zbekona ruhdagi mehr-oqibat yaqqol ko‘zga tashlanib turar edi. Ammo oilaning to‘liq xursandchiligi uchun birgina narsa – moddiy muammo bor. Bir kam dunyo shudir balki...

Ulkan qalb egasi bo‘lgan saxovatli birodar! Keling, ko‘ngli yarim, qalbi kemtik bu qizimizga yordam beraylik. Ham og‘ir xastalikdan, ham yillar davomida qiynab kelgan nuqsondan bu qizaloqni xalos etishda sababchi bo‘laylik. Onasining ham ko‘zidan oqayotgan g‘am ko‘z yoshlari quvonch yoshlariga aylansin. Yulduzxonning qalb tubidagi orzulariga erishishga ko‘mak berib, dastak bo‘laylik. 

Ziroat Djaylabayeva (onasi) nomiga ochilgan plastik kartochka:

Click/PayMe: 8600 0417 4748 5150 (Agrobank)

Visa karta: 4187 8200 0024 4986

MFO: 00394

INN: 201200124

Naqd pul topshirganda: 23116000600000394001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazilganda: 23118000400000394001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 23120000900000394001

Telefon raqami: (90) 907 41 47

                                 (99) 885 75 84

Bahodir Ahmedov


Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Mavzuga oid