Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Xalqaro mehnat tashkilotining sanoat va savdoda mehnat inspeksiyasi to‘g‘risidagi 81-sonli Konvensiyasini (Jyeneva, 1947 yil 11 iyul) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan Xalqaro mehnat tashkilotining sanoat va savdoda mehnat inspeksiyasi to‘g‘risidagi 81-sonli Konvensiyasi (Jyeneva, 1947 yil 11 iyul) ratifikatsiya qilinishi mumkin.
Shuningdek, “Xalqaro mehnat tashkilotining qishloq xo‘jaligida mehnat inspeksiyasi to‘g‘risidagi 129-sonli Konvensiyasini (Jyeneva, 1969 yil 25 iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Loyihaga muvofiq, Xalqaro mehnat tashkilotining qishloq xo‘jaligida mehnat inspeksiyasi to‘g‘risidagi 129-sonli Konvensiyasi (Jyeneva, 1969 yil 25 iyun) ratifikatsiya qilinishi belgilangan.
Bundan oldin, O‘zbekiston Stokgolm konvensiyasini ratifikatsiya qilmoqchi ekani xabar berilgandi.