Kiyev urush davrida Inson huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyadan chiqadi
Ukraina hukumati Yevropa kengashiga Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha Yevropa konvensiyasiga rioya qilishdan qisman chekinish to‘g‘risida ariza topshirgan. Bu o‘z mulkini tasarruf etish huquqini bekor qilishni o‘z ichiga oladi.

Foto: Hanna Sokolova-Stekh/DW
Ukraina Yevropa kengashiga harbiy holat tufayli mamlakatda Inson huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasining ayrim bandlari amal qilishini qisman to‘xtatib turish uchun ariza topshirdi. Tegishli hujjat 28 aprel, yakshanba kuni xalqaro tashkilot saytida e’lon qilindi. Aniqlik kiritilishicha, arizaning o‘zi 4 aprel kuni berilgan.
Murojaatga ko‘ra, Ukraina urush davrida Konvensiyaning quyidagi qoidalariga rioya qilishni to‘xtatadi: uy-joy daxlsizligi (davlat ehtiyojlari uchun xususiy yoki kommunal mulkni majburiy begonalashtirishgacha); yozishmalar va telefon suhbatlarining maxfiyligi; shaxsiy va oilaviy hayotga aralashmaslik; harakatlanish erkinligi va yashash joyini erkin tanlash; fikr va so‘z erkinligi huquqi; fikr va e’tiqodni erkin ifoda etish, shuningdek, axborot to‘plash, saqlash va tarqatish huquqi; yig‘ilishlar, mitinglar va ish tashlashlar o‘tkazish huquqi; o‘z mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqi.
Konvensiyani buzuvchi chora-tadbirlar va harakatlar
Hujjatda, shuningdek, harbiy holat davrida Konvensiyani buzgan holda kiritilishi mumkin bo‘lgan aniq chora-tadbirlar va harakatlar sanab o‘tilgan: davlat ehtiyojlari uchun xususiy yoki kommunal mulkni majburiy begonalashtirish; komendantlik soati joriy etish; maxsus kirish va chiqish rejimi, fuqarolar va chet elliklar harakati, transport harakatini cheklash; fuqarolarning ashyolari, transport vositalari, bagajlari, yuklari, xizmat xonalari va uy-joylarini ko‘zdan kechirish; harbiy yoki maxsus ro‘yxatga olingan fuqarolarning yashash joyini tegishli ruxsatisiz o‘zgartirishni taqiqlash; jismoniy va yuridik shaxslar uchun harbiy yig‘imlarni belgilash.
Rossiyaning harbiy hujumi sababli Ukrainada harbiy holat va umumiy safarbarlik davom etmoqda. «Zerkalo nedeli» nashrining eslatishicha, harbiy holat rejimi davrida harbiylar barcha mulkchilik shaklidagi korxonalar, davlat va o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek, fuqarolardan transport vositalari va ayrim texnikalarni musodara qilish huquqiga ega.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Estoniya Rossiya bilan chegara yaqinida harbiy baza quradi
Jahon | 19:12
-
Shimoliy Kipr va turkiy birlik: ziddiyat emas, tadrijiylik
Jahon | 19:01
-
O‘zbekiston media bozori transformatsiyasi: Ledokol Group’ning 17 yillik faoliyati fonidagi tahlil
O‘zbekiston | 19:00
-
AQShda terrorizmda gumonlanib hibsga olinganlar soni 655 foizga oshdi
Jahon | 18:19
Mavzuga oid

13:55 / 19.04.2025
Moskva va Kiyev halok bo‘lgan askarlarning jasadini almashdi

08:57 / 15.04.2025
YeI siyosatchilari Mersning Kiyev uchun TAURUS haqidagi so‘zlarini olqishladi

09:50 / 14.04.2025
Mers Kiyevga TAURUS yetkazib berilishini qo‘llab-quvvatladi

10:33 / 12.04.2025