Iqtisodiyot | 17:40 / 02.04.2019
25856
2 daqiqa o‘qiladi

Ekspert O‘zbekiston iqtisodiyotining dollarlashuvi xatarlari haqida gapirdi

Foto: Darya Davydenko / Apostrof

O‘zbekiston iqtisodiyotida dollarlashuv darajasining yuqoriligi Markaziy bank monetar siyosati samaradorligini pasaytiradi, ayrim hollarda, defoltga olib kelishi mumkin. Bu haqda Kapital bozorini rivojlantirish agentligi boshqarma boshlig‘i Tursunboy Mahkamov ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyotining dollarlashuv darajasi juda yuqori ekanini hamma tushunmoqda, ammo valuta xatarlari orasidagi farqni yo‘qotish uchun mamlakatda oltin-valuta zaxiralari yetarli ekani tufayli (2019 yil 1 yanvar holatiga 26,3 mlrd. AQSh dollari) «bunga katta e'tibor berishmayapti».

Agentlik iqtisodiyotning dollarlashuvi bo‘yicha beshta asosiy xatarni ajratgan:

1. Milliy valuta zaiflashuvi
2. Tashqi qarz olish qiymatining oshishi
3. Mamlakatning suveren reytingi darajasiga salbiy ta'sir
4. Markaziy bankning pul-kredit siyosatini amalga oshirish bo‘yicha imkoniyatlarini cheklash
5. Valuta xavfining oshishi

«Biz Markaziy bankning monetar siyosatni olib borish bo‘yicha imkoniyatlari qisqarayotganini kuzatyapmiz. Qayta moliyalash stavkasi juda yuqori, lekin inflatsiya hali ham ikki sonli bo‘lib turibdi. MB inflatsiyani targetlashi va monetar siyosatni kuchaytirishi haqida e'lon qilgani e'tiborga olinsa, natijalar kutilganidek bo‘lmayapti. Bu bank tizimining katta qismi dollarga bog‘langani bilan aloqador. MB o‘zining monetar siyosatida faqat iqtisodiyotning kichik qismiga harakat qilayotgani ayon bo‘ladi. Shuning uchun u natijaga olib kelmayapti», - dedi Mahkamov fond bozori vakillari bilan uchrashuvda.

Mavzuga oid