11:23 / 03.04.2019
6870

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun harbiylar tog‘da ekskursiya tashkil etishdi

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Jangovar tayyorgarlik bosh boshqarmasi tomonidan Xalq ta'limi vazirligi qoshidagi “Sen yolg‘iz emassan” Respublika bolalar jamoatchilik jamg‘armasi bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi 22- va 23-son bolalar uyi tarbiyalanuvchilari bilan Mudofaa vazirligi Tog‘ tayyorgarligi o‘quv-mashqlari markaziga ekskursiya uyushtirildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mehribonlik uylarida tashkil etilgan harbiy-sport guruhlarining 70 nafar tarbiyalanuvchisi tog‘ sporti turlarining alpinizm, qoyani zabt etish, shuningdek, ot minish, ekstremal sharoitlarda yashovchanlik asoslari va kichik kalibrli miltiqdan otish tayyorgarligi elementlari bo‘yicha boshlang‘ich bilim olib, amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lishdi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Shu bilan birga, yoshlarga Markaz tog‘-yo‘riqchilari va soha bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lgan sport ustalari tomonidan harbiy vatanparvarlik va tog‘ sporti turlari bo‘yicha ma'ruzalar qilinib, o‘quv filmlari namoyish etildi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

 

Top