“Qayta qurollantiriş dasturi böyiça bitim tuziş kun tartibida turibdi. Qanday bölmasin, bu, şubhasiz, ham havo kuçlari, ham havo hujumidan mudofaa, va quruqlikdagi kuçlarning texnikalariga taalluqli böladi. Bu juda keng assortiment. Muhokama qilib, takomillaştirib, hamkasblarimizga kömak beramiz”, – degan Şugayevning sözlarini keltirmoqda “Interfaks”.
Eslatib ötamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26 maydan buyon davlat taşrifi bilan Özbekistonda bölib turibdi.
Muzokaralar yakunida ikki davlat rahbarlari qabul qilgan qöşma bayonotda, harbiy sohadagi, huquqni muhofaza qiluvçi organlar va favqulodda vaziyatlar idoralari örtasidagi hamkorlikka ahamiyat qaratişda davom etilişi ta’kidlangan.
Özbekiston Mudofaa vazirligiga köra, Rossiya Özbekiston Qurolli Kuçlariga qurol va harbiy texnika yetkazib beriş böyiça eng yirik şerik hisoblanadi.












