20−31 may kunlari Turkiyada «Eng ilg‘or merganlar jamoasi» musobaqasi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi

11 davlatdan 36 ta jamoa ishtirok etgan musobaqada O‘zbekiston merganlari turli shartlarda besh marta rekord o‘rnatib, yuqori natija qayd etgan. 

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari birinchi, mezbon Turkiya ikkinchi, Bahrayn terma jamoasi uchinchi o‘rinni egallagan.