O‘zbekiston | 12:12 / 11.04.2019
11967
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda tashkil etilayotgan Sharda universitetining asosiy vazifalari belgilandi 

Foto: Getty Images

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekistonda Sharda universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Andijon viloyati hokimligi va “Sharda Educational Trust” (Hindiston Respublikasi) ta'lim trastining O‘zbekistonda Sharda universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

Universitet faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

elektr muhandisligi, axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik, kompyuter tizimlariga xizmat ko‘rsatish, elektronika, kommunikatsiya injiniringi, biznes-menejment va talab yuqori bo‘lgan ta'limning boshqa yo‘nalishlarida yuqori malakali mutaxassislarni xalqaro standartlar darajasida tayyorlashni ta'minlash;

ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, ilm-fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini joriy etish;

yuqori malakali mutaxassislarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash, shu jumladan ularning malakaviy amaliyotini yetakchi xorijiy oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tashkil etish;

mehnat bozorining ehtiyojlarini hisobga olgan holda axborot- kommunikatsiya texnologiyalari, muhandislik-texnika, tibbiyot va aniq fanlar sohalarida ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish, shuningdek, oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash;

ta'lim va ilmiy-texnikaviy sohalarda yetakchi xorijiy ta'lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash.

Mavzuga oid