O‘zbekiston | 22:11 / 20.04.2019
46754
3 daqiqa o‘qiladi

Samarqanddagi tarixiy obidalar Janubiy Koreya prezidentida katta taassurot qoldirdi

Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

Mamlakatimizda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chjye In Samarqand shahriga keldi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Mun Chjye In rafiqalari bilan Samarqanddagi tarixiy obidalarni ko‘zdan kechirishdi.

Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

Davlat rahbarlari dastlab Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va muzeyini borib ko‘rdilar. 

Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

O‘zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlari “Afrosiyob” muzeyida bo‘ldi.

“Bu muzey Samarqand shahrining uch ming yillik tarixidan hikoya qiladi. Bu yerdagi noyob eksponat va devoriy suratlar butun dunyo sayyohlarini, ayniqsa, koreyaliklarni o‘ziga jalb etib keladi. Chunki VII asrga oid devoriy suratlardan birida Samarqand hukmdorining qadimgi Koreya – Koguryo elchisini qabul qilish marosimi ham aks etgan. 

Janubiy Koreya prezidenti ushbu tarixiy suratni hayrat va e'tibor bilan tomosha qilar ekan, xalqlarimiz o‘rtasidagi aloqalari uzoq o‘tmishga borib taqalishini, bu do‘stlik va hamkorlik bundan keyin ham bardavom bo‘lishini ta'kidladi”, deyiladi xabarda.

Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati
Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

Shu yerda, davlat rahbarlari huzurida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan Koreya Respublikasining Madaniy meros ma'muriyati o‘rtasida imzolangan madaniy meros sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi o‘zaro almashildi.

Xabarda aytilishicha, Koreya prezidenti Registondagi obidalar, milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmalarini tomosha qildi hamda Amir Temur maqbarasi ziyorat qilindi.

Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati
Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati
Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

Koreya prezidenti Mun Chje Inning O‘zbekistonga davlat tashrifi davom etmoqda.

Mavzuga oid