Dopingda ushlangan Olimpiya chempioni medallarini qurol bilan himoya qilishidan ogohlantirdi
1500 metrga yugurish bo‘yicha ikki karra Olimpiya chempioni Asbel Kiprop Xalqaro yengil atletika federatsiyalari uyushmasiga (IAAF) qurol bilan tahdid qildi. U bu haqdagi videomurojaatini tvitterda joylashtirgan.
Keniyalik sportchi aksildoping qoidalarini buzgani uchun 4 yilga musobaqalardan chetlatilgan. U o‘z yurtida politsiya zobiti hisoblanadi va shu sababli qurolga egalik qila oladi. “Milliy politsiya xizmati meni hoziroq bo‘shatishi uchun iltijo qilaman. Yo‘qsa, men adolat qaror topishi uchun qurolimni qo‘llayman”, deb aytgan Kiprop.
U, shuningdek, IAAF’ga kelib medallarni olib ketishni taklif qilgan.
Sportchining 2018 yil mayida topshirgan namunasida doping aniqlangan. Uning chetlatilishi 2018 yil 3 fevralidan boshlab hisobga olinadi. Sportchining o‘zi qarordan norozilik bildirib, tahlillari almashtirib qo‘yilganini aytib keladi.
Mavzuga oid
18:41 / 22.10.2024
Osiyo o‘yinlari chempioni Shohmurod Xolmurodov doping tufayli jazolandi
19:08 / 07.08.2024
Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempioni doping tufayli diskvalifikatsiya qilindi
08:46 / 04.08.2024
Parij-2024. O‘zbekistonlik sportchilarning 4 avgust kungi chiqishlari
22:06 / 26.07.2024