Tramp AQSh Xitoy bilan savdolarda milliardlab dollar yo‘qotishni istamasligini aytdi
Amerika prezidenti Donald Tramp AQSh Xitoy bilan savdolarda milliardlab dollar yo‘qotishni istamasligini bildirdi.
"AQSh ko‘p yillar davomida savdoda yiliga 600dan 800 milliard dollargacha yo‘qotdi. Xitoy bilan savdolarda 500 milliard yo‘qotyapmiz. Kechirasiz, endi bunday qilmoqchi emasmiz!" – deb yozdi Tramp Twitter’da.
Yakshanba kuni Tramp Xitoyning qator mahsulotlariga boj to‘lovini 10% dan 25%ga oshirishini hamda boshqa mahsulotlarga boj joriy etilishini bildirdi.
Xitoy TIV rasmiy vakili Gen Shuan Xitoy delegatsiyasi navbatdagi savdo maslahatlashuvlarida qatnashish uchun AQShga borishga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma'lum qildi. AQSh va Xitoyning savdo bo‘yicha muzokaralari 30 aprelda Pekinda bo‘lib o‘tgandi, navbatdagi muzokaralar 8 mayda Vashingtonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
08:20 / 18.09.2024
Avgust oyida elektromobillar savdosi 2 baravar kamaydi
10:44 / 05.09.2024
Toshkentda Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi filiali ochiladi
23:13 / 20.08.2024
Tramp prezidentlik saylovida g‘alaba qozonsa Ilon Maskka Oq uydan lavozim taklif qiladi
21:54 / 04.08.2024